
"TIL-MILLAT KOʻZGUSI"
2025-yil 21-oktyabr kuni “Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan “Til – millat ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda muassasaning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Rivojiddin Nasritdinov, ma’naviyatbo‘lim uslubchisi Hoshimjon Qodirov, notiqlikfani o‘qituvchisi Davron Abdurahmon hamda 3-kurs talabalari ishtirokchi etdilar.


Tadbir nima’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Rivojiddin Nasritdinov ochdi. U o‘z so‘zida tadbirning mazmuni haqida so‘z yuritib, ishtirokchilarni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun bilan tabrikladi.

Shundan so‘ng so‘z “Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi notiqlik fani o‘qituvchisi Davron Abdurahmonovga berildi. U nutqida til – millatning yuragi, xalq madaniyati, an’analari va tarixini ifoda etuvchi beqiyos qadriyat ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, o‘zbek tilining taraqqiyoti yo‘lida buyuk allomalar, ayniqsa, Alisher Navoiy hazratlarining xizmatlari haqida batafsil so‘zlab o‘tdi.




Shu bilan birga, talabalar tomonidan ona tilihaqida yozilgan maqolalar taqdim etildi, tilmavzusiga bag‘ishlangan audio lavhalareshittirildi. Bu chiqishlar tadbir mazmunini yanadaboyitib, ishtirokchilarda ona tiliga nisbatan faxr vaiftixor tuyg‘usini kuchaytirdi.
Tadbirda talabalar ona tiliga bag‘ishlangan she’rlar o‘qishdi, “Til – millat ko‘zgusi” mavzusida o‘z fikrlarini bildirishdi. Har bir chiqishda ona tilimizni asrash, qadrlash va avlodlar ongiga singdirishning ahamiyati alohida qayd etildi.
Ta'lim muassasasi Matbuot xizmati