Яратилиш санаси 07.11.2026

TA’LIM VA AMALIYOT UYG‘UNLIGI — KASBIY KAMOLOT POYDEVORI

“Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi bitiruvchi bosqich talabalari uchun dual ta’lim tizimi asosida tashkil etilgan amaliy mashg‘ulotlar izchil davom ettirilmoqda.

Mazkur mashg‘ulotlar talabalarning ta’lim jarayonida egallagan bilimlarini amaliy faoliyatda qo‘llash, ularning kasbiy salohiyatini yuksaltirish hamda kelgusida yetuk diniy-ma’rifiy soha mutaxassisi sifatida shakllanishiga xizmat qilmoqda.

Amaliyot davomida talabalar masjidlar va mahallalarda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarda faol ishtirok etib, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom e’tiqod, milliy va diniy qadriyatlarga hurmat, odob-axloq hamda ijtimoiy mas’uliyat kabi muhim mavzularda tashkil etilayotgan suhbat va tadbirlarda o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlamoqdalar.

Shuningdek, ushbu jarayon talabalarning jamoatchilik bilan samarali muloqot o‘rnatish, turli auditoriyalar bilan ishlash, fikrini aniq va ravon ifodalash, mustaqil qaror qabul qilish hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish borasidagi amaliy malakalarini rivojlantirishga keng imkoniyat yaratmoqda.

Ta’lim muassasasi Matbuot xizmati