Яратилиш санаси 31.10.2026

OTA-ONA VA USTOZ: BIR MAQSAD, BIR MAS’ULIYAT

2026-yil 31-oktyabr kuni “Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida 3-kurs 57-guruh talabalari ota-onalari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad ta’lim muassasasi va ota-onalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, talabalar ta’lim-tarbiyasi, odob-axloqi, kundalik hayoti hamda kelajakdagi istiqbollari yuzasidan o‘zaro fikr almashishdan iborat bo‘ldi.

Tadbirda guruh rahbari S.Aqilxonov, komendant M.Najmiddinov hamda tarbiyachi-pedadgog I.Dadabayev ishtirok etib, talabalar bilan olib borilayotgan o‘quv-tarbiyaviy ishlar, ularning darslarga qatnashishi, muassasa ichki tartib-qoidalariga rioya etishi, odob-axloqi va yashash sharoitlari haqida atroflicha ma’lumot berdilar.

Uchrashuv davomida mas’ullar tomonidan yoshlarning ma’naviy-axloqiy kamolotida oilaviy tarbiyaning o‘rni, ota-onaning farzand hayotidagi mas’uliyati, ta’lim muassasasi va oila hamkorligining ahamiyati alohida ta’kidlandi. Shuningdek, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularda mas’uliyat, intizom, mustaqil fikrlash va kasbiy salohiyatni rivojlantirish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Ota-onalar ham uchrashuv davomida o‘z fikr-mulohazalari, taklif va istaklarini bildirdilar. Farzandlarining ta’lim-tarbiyasi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan savollar berib, mas’ullardan kerakli tavsiyalar oldilar.

Ta’lim muassasasi Matbuot xizmati