Яратилиш санаси 30.10.2026

Ta'lim muassasasida talabalar o‘rtasida insholar tanlovi tashkil etildi

“Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida talabalarning vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy dunyoqarashini boyitish hamda ijodiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida insholar tanlovi o‘tkazildi.

Tanlov doirasida talabalar quyidagi mavzular bo‘yicha o‘z ijodiy ishlarini taqdim etdilar:

• “Mustaqil O‘zbekiston – mening g‘ururim”;
• “Yagona Vatan – umumiy mas’uliyatimiz”;
• “Ma’naviyat va taraqqiyot”;
• “Qur’oni karimda tinchlik masalalarining yoritilishi”.

Mazkur mavzular orqali ishtirokchilar Vatanga muhabbat, yurt ravnaqi yo‘lida daxldorlik va mas’uliyat hissi, ma’naviy qadriyatlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, shuningdek, Qur’oni karimda ilgari surilgan tinchlik, bag‘rikenglik, hamjihatlik va insonparvarlik g‘oyalarini o‘z qarashlari asosida yoritib berdilar.

Tanlov talabalar uchun o‘z bilim va dunyoqarashini namoyon etish, mustaqil fikrlash, fikrlarini yozma ravishda izchil va asosli ifodalash hamda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun muhim imkoniyat bo‘ldi.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy va ijodiy tadbirlar yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, tinchlik va osoyishtalikni qadrlash tuyg‘ularini mustahkamlash, ularni bilimli, tafakkuri teran va ijtimoiy mas’uliyatli shaxslar etib tarbiyalashga xizmat qiladi.

©️Ta’lim muassasasi Matbuot xizmati