“Vatan madhi” - Vatanga muhabbat, kelajakka mas’uliyat
“Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida talaba-yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy o‘zlikni anglash, tarixiy meros va qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash maqsadida “Vatan madhi” nomli ma’naviy-ma’rifiy ijodiy kecha tashkil etildi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan Vatan, ona yurt, milliy birlik va xalqimizning boy ma’naviy merosini tarannum etuvchi she’rlar hamda mazmunli badiiy chiqishlar namoyish etildi. Ijodiy chiqishlarda yurt tinchligi va osoyishtaligining qadriga yetish, Vatan oldidagi fuqarolik mas’uliyatini anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat kabi muhim g‘oyalar keng yoritildi.
Shuningdek, tadbir mazmunida Vatanga muhabbat tushunchasi shunchaki hissiy tuyg‘u emas, balki chuqur bilim, yuksak ma’naviyat, mustahkam e’tiqod, go‘zal xulq va jamiyat ravnaqiga xizmat qilish mas’uliyati bilan chambarchas bog‘liq ekanligi alohida ta’kidlandi.
Zero, Vatanni sevish - uning tinchligi va taraqqiyotiga daxldorlikni his etish, ajdodlar merosiga munosib voris bo‘lish hamda el-yurt manfaatlari yo‘lida sidqidildan xizmat qilishdir!




©️Ta’lim muassasasi Matbuot xizmati