Яратилиш санаси 30.10.2026

Zakovat bellashuvi 1-davraning 1-turi bo’lib o’tdi

“Hidoya” o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida zakovat bellashuvi 2026-2027 ning 1-davra 1-tur bahslari tashkil etildi. Unda ta’lim muassasaning hamma kurslarini o’z ichiga olgan 6 ta guruh bellashdilar. Maqsad - talabalar aql-zakovati va bilimlarini yanada charxlash, huquqiy bilim va savodlarini sinovdan o’tkazish. Yettita savoldan iborat ushbu tur qizg’zin va murosasiz tarzda o’tdi. Jamoalar qimmatli ballarni jamg’arish uchun bor bilim va salohiyatlarini ishga soldilar. Musobaqa shiddatli o’tishi uchun aqliy va mantiqiy savollar ham berildi. Bu narsa talabalar tafakkurini o’stirishga, aqliy salohiyatini yanada rivojlantirishga sabab bo’ladi.

Bellashuv 1-bosqichi 6 turdan iborat bo’lib barcha jamoalar qimmatli ballarni jamg’arib borishadi. 6 tur natijalariga ko’ra eng kam ball to’plagan jamoa musobaqani tark etadi. Qolgan jamoalar esa pley-off shaklida davom etishadi. Har turda eng kam ochko olgan jamoa bellashuvni tark etadi. Kuchlar teng kelib qolsa qo’shimcha savol orqali g’olib aniqlanadi. Bu jarayon yil bo’yi davom etadi. Shunday ekan bizni kuzatishda davom eting.

Yusufxon Shodiyev

ta’lim muassasasi fiqh fani o’qituvchisi