Яратилиш санаси 30.10.2026

Ta’lim va amaliyot hamohangligi

“Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida 2026–2027-o‘quv yili bitiruvchi bosqich talabalari uchun dual ta’lim tizimi asosida amaliy mashg‘ulotlar davom etmoqda.

Mazkur ta’lim jarayonining asosiy maqsadi talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash, kelgusidagi kasbiy faoliyatlari uchun zarur bo‘lgan tajriba va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.

Dual ta’lim mashg‘ulotlari doirasida talabalar masjidlar hamda mahallalarda amaliy faoliyat olib borib, aholining turli qatlamlari, xususan, yoshlar bilan ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar tashkil etish, diniy-ma’rifiy bilimlarni targ‘ib qilish, milliy va diniy qadriyatlarimizning mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan tadbirlarda ishtirok etmoqdalar.

Ushbu jarayonda talabalar o‘z bilimlarini hayotiy tajriba bilan boyitish, jamoat bilan ishlash, muloqot madaniyati, mustaqil fikrlash va omma oldida nutq so‘zlash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.

©️Ta’lim muassasasi Matbuot xizmati