Яратилиш санаси 02.11.2026

“Millatlararo va dinlararo bag‘rikenglik – samarali hamkorlikning muhim omili”

“Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida “Axborot va murabbiylik soati” doirasida “Millatlararo va dinlararo bag‘rikenglik – samarali hamkorlikning muhim omili” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Ma’rifiy uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar quyidagilarga qaratildi:

  • Turli millat va elat vakillariga hurmat, o‘zaro hamjihatlik hamda bag‘rikenglik xalqimizning azaliy milliy va diniy qadriyatlarining ajralmas poydevori ekanini yoshlar ongiga chuqur singdirish;
  • Islom ma’rifatida o‘zga din vakillariga nisbatan bag‘rikeng va adolatli munosabatda bo‘lish tinchlik hamda barqarorlik garovi ekanini yoritish, yoshlarda o‘zaro totuvlik va bahamjihatlik tuyg‘usini mustahkamlash;
  • Turli mafkuraviy xurujlar va globallashuv davrida yoshlarda radikalizm, millatchilik hamda mutaassiblik kabi salbiy illatlarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, jamiyatda tinchlik va ahillikni asrab-avaylash muhimligini tushuntirish;
  • Ko‘p millatli jamiyatda samarali hamkorlikni rivojlantirish, muloqot madaniyatini yuksaltirib borish hamda umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ahamiyatini ta’kidlash.

Tadbirda ta’lim muassasasi tarbiyachi-pedagogi I.Dadabayev, guruh rahbari Yu.Shodiyev hamda 4-bosqich talabalari ishtirok etib, mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

“Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi Matbuot xizmati