Яратилиш санаси 18.11.2024

Bayroq-oriyat timsoli

(18-noyabr-O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i  qabul qilingan kun)

Bayroq, gerb, madhiya davlatimizning muqaddas ramzlaridir.

Davlat ramzlariga ega bo‘lish mustaqil davlatchilikning zarur shartidir.

Bayroq-biror firqa, tashkilot, ummat, millat va davlatning belgisidir.Bularning orasida millat uchun eng muhimi uning mustaqilligini va xalqaro hurmatga egaligini bildiruvchi bayroq-Davlat bayrog‘idir.Davlat bayrog‘i muqaddas hisoblanadi va uni avaylab-asraladi,e’zozlanadi.Uni behurmat qilishga yo‘l qo‘yilmaydi,chunki davlat bayrog‘ini behurmat qilish-shu davlatning hamma aholisini behurmat qilish bilan tengdir.

Bayroq, odatda, gazmol parchasidan iborat bo‘lib,bo‘yi egnidan uzunroq bo‘ladi va enining bir tarafi bir dastaga biriktiriladi.

Bayroqlar bir-biridan rang va naqshlari bilan farq qiladi.Bizning ajdodlarimiz juda qadim zamonlardan boshlab o‘zlarining bayroqlariga ega bo‘lganlar.

Bayroq-g‘alaba nishonasi hisoblanadi.Shuning uchun ham ajdodlarimiz davlat bayrog‘i uchun jon fido etganlar. Jangu jadallarda bayroqning qulashi yoki dushman qo‘liga o‘tishi-mag‘lubiyat,yengilish ma’nosini bildirgan. Bu o‘rinda birgina Shayx Najmiddin Kubro bobomizning qilgan qahramonliklarini eslashning o‘zi kifoya.

 Amir Temur davrida ham davlat bayrog‘iga juda katta ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy ahamiyat berilgan. Sohibqiron bobomiz jang paytida davlat bayrog‘ini o‘zining eng kuchli,eng ishonchli bahodiriga ishonib topshirgan.

Davlat bayrog‘i-xalqning  shon-sharafi, g‘ururi,ori. Bayroqni qadrlash,e’zozlash o‘z mamlakatiga va shaxsan o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash demakdir.

Hamyurt shoirimiz Muhammad  Vali yozganiday:

Qancha-qancha yurt bor bu olam aro,

Bayrog‘i bo‘lmasa barchasi bekor.

G‘aflatda yotmagay ozod fuqaro,

Chin bayroq uxlamas- hilpirar bedor.

Aziz vatandoshlar!

Hammamizga bayram muborak bo‘lsin!

Muqaddas bayrog‘imiz hamisha balandlarda hilpirab,Yangi O‘zbekistonimiz  nomini dunyolarga yoyaversin!

Mamatxodjayev Toʻxtasin

ta’lim muassasasi devonxona bosh mutaxasisi