Яратилиш санаси 21.11.2024

Farzand tarbiyasi

Farzand tarbiyasi har bir ota-onaning eng asosiy burchlaridan biri hisoblanadi. Rasululloh (s.a.v.) bu masalada shunday deganlar: “Har biringiz cho‘ponsiz va har biringiz o‘z suruvingiz uchun mas’ulsiz. Ota o‘z oilasi uchun mas’uldir” (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati). Ushbu hadis ota-onaning farzandlariga nisbatan mas’uliyatini ulug‘lar ekan, ularni to‘g‘ri tarbiyalashda adolat va e’tibor qanchalik muhimligini ko‘rsatadi.

Buyuk mutafakkir Abu Nosir al-Forobiy shunday degan: “Farzand tarbiyasi jamiyatning ertangi poydevori va farovonligining asosi sanaladi”. Bu fikr ota-onaning farzandni nafaqat oilaviy, balki ijtimoiy mas’uliyat sifatida tarbiyalash zarurligini ta’kidlaydi. Farzandlar faqat oilaning emas, balki butun jamiyatning bir qismi bo‘lib, ularning har tomonlama rivoji kelajakning muvaffaqiyatiga zamin yaratadi.

Demak, farzand tarbiyasi nafaqat diniy, balki ilmiy-nazariy jihatdan ham inson hayotining muhim jihatlaridan biridir. Farzandning jismoniy, ma’naviy va intellektual rivojiga e’tibor berish ota-onaning eng ulug‘ vazifasi bo‘lib, bu orqali jamiyatda yuksak qadriyatlar shakllanadi. Shu bois har bir ota-ona farzand tarbiyasiga e’tibor berib, ularning o‘zligini va kelajagini ta’minlashga xizmat qilishi lozim.

Muhammadiyev Muhammadsolih

“Hidoya” o’rta maxsus islom
ta’lim muassasasi o'qituvchisi