Zaif hadis va unga amal qilinadigan o’rinlar
Annotatsiya: Ushbu tezisda hadis so’zining lug’aviy va istelohiy ma’nolari, hadis bizgacha yetib kelishi jihatidan turlarga bo’linishiga to’xtalib o’tilgan. Y’ani fuqaholar va hanafiylarni yo’llarini yoritib o’tilgan. Hamda zaif hadisning ta’rifi, jarh va ta'dil lafzlariga ko‘ra zaif hadisning turlari va zaif hadisga amal qilinadigan o’rinlar yoritib o’tilgan.
Kalit so’zlar: hadis, taqrir, sifat, muhaddislar, xalqiy, xulqiy, nozil, fuqoholar, usuliylar, kalom ulomolari, ahli hadislar, mutavotir, mashhur, ohod, zaif hadis, maqbul hadis, mutobaat, shavohid, jarh va ta’dil lafzlar, targ’ib va tarhib.
“Hadis” arabcha so‘z bo‘lib “gap”, “so‘z”, “yangi” degan ma’nolarni anglatadi. Demak, “hadis” deganda, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning aytgan gaplari, sifatlari, taqrirlari, sifatlari tushuniladi.
Hadis ulamolar istelohida Rosulolloh sallallohu alayhi vasallamga nisbat berilgan so‘z, fe’l, taqrir, sifatlaridan iboratdir.
Hadis muhaddislar istelohida esa, quyidagicha ta’riflanadi: “Nabiy sallallohu alayhi vasallamdan asar bo‘lib qolgan gap, ish, taqrir, xalqiy (tana tuzulishi) xulqiy sifatlar va tarjimai holga tegishli ma’lumotlar hadis yoki sunnatdir. Demak, hadis deb asosan to‘rtta narsaga aytiladi: qavl-gap, fel-ish, taqrir-bir ishga indamasliklari, sifatlari. Hadis bizgacha yetib kelishi haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, avvalo hadisni yetkazilishidagi ishtirok etuvchilarni ikki qisimga bo‘linishligini bilishimiz lozim bo‘ladi.
Birinchi qismi sahobiy roziyallohu anhumlardan iborat. Ular qur’on nozil bo‘lgan zamonda yashagan zotlardir. Ular har bir hadisni Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamdan bevosita eshitgan yoki o‘zlari singari sahobiylardan eshitgandir. Sahobiy roziyallohu anhumlar barchalari adolatli zotlardirlar. Shuning uchun ham ularni tekshirib o‘tirishga hojat yo‘q. Hech ikkilanmay xabarlari qabul qilinaveradi.
Ikkinchi qismi sahobiylardan keyin kelganlardan iborat. Ikkinchi qismni rivoyatini qabul qilishdan oldin naql qilish to‘g’riligi bilan birga roviyning holi, ishonchliligi, adolati, zobti, rivoyat uzilmay yetib kelishi singari narsalar diqqat bilan o‘rganiladi va hadislar bizga yetib kelish jihatidan ikki xil yo‘l tutiladi.
Birinchi yo‘l fuqoholar, usuliylar, kalom ulomolari , ba’zi ahli hadislar yo‘li bo‘lib, ular hadislarni mutavotir va ohodga taqsimlaydilar.
Ikkinchi yo‘l Hanafiylar yo‘li bo‘lib, ular hadislarni mutavotir, mashhur va ohodga taqsimlaydilar.
Ana endi zaif hadisni ta’rifini o‘rganib chiqsak. Bu mavzu ikki masaladan iborat. Birinchisi: Zaif hadisning ta'rifi.
Zaif hadisni quyidagicha ta'riflaydilar: «Zaif hadis sanadi va matnida maqbul hadis, ya'ni sahih va hasanning sifatlari topilmagan hadisdir. U maqbul hadis sahih lizatihi va g'oyrihi va hasan li- zatihi va g'oyrihi. Maqbul hadisning ostiga mutobaot va shavohid orqali hasan hadis darajasiga ko‘tarilgan zaif hadis ham kiradi.
Ikkinchisi: jarh va ta'dil lafzlariga ko‘ra zaif hadisning turlari
Jarh va ta'dil ulamolarining hadis roviylarini jarh qilish borasida turli iboralari bor. Ana shu iboralardan kelib chiqib, zaif hadisni to‘rt turga ajratishimiz mumkin.
1) Yengil zaif. «Falonchi bo‘sh», «Falonchida bo‘shlik bor», deb aytilgan roviylarning hadislari.
2) O‘rtacha zaif. «Falonchi zaif», «Falonchi ko‘p xato qiladi», deb aytilgan roviylarning hadislari.
3) O‘ta zaif. «Falonchi talif (talofatga uchragan) », «Falonchi holik (halokatga uchragan)», deb aytilgan roviylarning hadislari.
4) To‘rtinchi qism esa yolg'onchi, «hadis to‘qiydi», deb vasflangan roviylarning hadislari. Ularning hadisining ushbu mavzuga aloqasi yo‘q.
Demak, yengil va o‘rtacha zaiflik odatda roviyning dobtidagi muammo sababli bo‘ladi. O‘ta zaiflik esa ba'zida roviyning adolatiga ta'na qilingani sababli bo‘lsa, ba'zan dobtidagi kattaroq muammo sababli bo‘ladi. Xatolari son jihatidan ko‘p yoki ma'no jihatidan qo‘pol bo‘lishi kabi.
Zaif hadisga amal qilinadigan o‘rinlar:
1. Zaif hadisga koʻp amal qilinadigan birinchi oʻrin, mutaqaddim imomlarimiz aytganlaridek, qavliy va feʼliy fazilatlar, targʻib va tarhib kabi mavzulardir.
2. Zaif hadisga amal qilishning ikkinchi oʻrni ikki xil fikrning birini yo ikki ehtimolning birini, yoki sharʼiy matnni ikki xil tushunishdan birini tarjih qilish oʻrnidir.
3. Zaif hadisga amal qilishning uchinchi oʻrni marfuʼligiga dalolat qiladigan hech qanday alomat boʻlmagan, sahobiyga mavquf boʻlgan hadisdir. Yaʼni lafzan ham, hukman ham mavquf boʻlgan hadis.
4. Zaif hadisga amal qilishning toʻrtinchi oʻrni savob va gunohning miqdori, turlari haqida toʻqima boʻlmagan hadis kelsa, uni rivoyat qilish va unga amal qilish joiz boʻladi.
Buning misoli yakka oʻzi biron sharʼiy hukmni mustahablikni ham, boshqasini ham sobit qilmaydigan isroiliyotlar, tushlar, salaflar va ulamolarning soʻzlari, ulamolar bilan boʻlgan voqea va shunga oʻxshashlar bilan targʻib va tarhib qilish kabilardir. Bularni targʻib va tarhibda, umid qildirish va ogohlantirish bobida zikr qilish joizdir.
Tavsiya etilgan adabiyotlar:
- Mahmud Tahhon. “Taysiru mustalahil hadis”.
- Yorqinjon Fozilov. “Sunnat va hadis”.
- Jaloliddin Suyutiy. “Tadribur roviy fiy sharhi taqribun Navaviy”.
- Muhammad Avvoma. “Hukmul amal bil hadis az-zaif”.
Yoqubjanov Abdurashid
ta'lim muassasasi o'qituvchisi