Яратилиш санаси 30.11.2024

“Nega sochingizning bir qismini kesib tashlay qolmaysiz?”

1) Hazrat Huzayfa roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: “Biz Rasululloh sallollohu alayhi va sallam bilan birga dasturxonga hozir bo’lsak, U zot boshlamgunlaricha biz tek turar edik”. Chunki Xo’jayinning oldida qulning biror bir ishni avval boshlashi beodoblik hisoblanadi. Shuning uchun sahobalar ham biror bir ishni Rasululloh sallollohu alayhi va sallamdan o’tib ketib boshlamaganlar.   

2) Hazrat Abu Mahzura roziyallohu anhuning boshlarining old tarafidagi sochlari shu qadar uzun ediki, o’tirib ochsalar, yerga tegar edi. Bir marta bir kishi u zotdan: “Nega sochingizning bir qismini kesib tashlay qolmaysiz?” Deb so’radi. Shunda Abu Mahzura roziyallohu anhu: “Mening bu sochimni Nabiy sallollohu alayhi va sallam mehr bilan silaganlar. Ana shundan so’ng men uni kesmay qo’yganman”, deb javob berdilar. Ushbu gaplar umuman olganda juda oddiy ko’rinsa-da, lekin unda Nabiy sallollohu alayhi va sallamga nisbatan ulkan odob mavjud. 

Shayx Zulfiqor Ahmad Naqshbandiyning “Boadab bonasib” kitoblaridan tarjima qilindi.

Muhammadibrohim Isoqjonov

Ta'lim muassasasi o'qituvchisi