
Misr Arab Respublikasi Al-Azhar universitetining konstitutsiyaviy maqomi
Annotatsiya. Mazkur maqola Misr Arab Respublikasining geografik o‘rni, davlat tuzilmasi, konstitutsiyaviy o‘zgarishlari va Al-Azhar universitetining diniy va ilmiy ahamiyati haqida ma’lumot beradi. Unda 2014-yilda qabul qilingan yangi konstitutsiya asosida prezidentlik muddati, parlamentning vakolatlari va inson huquqlariga doir kafolatlar tahlil qilinadi. Al-Azhar universitetining diniy va madaniy ta’siri, uning mustaqilligi hamda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi muhim aspekt sifatida ko‘rsatiladi. Maqola Misr konstitutsiyasining 7-moddasi va Al-Azhar faoliyatining xalqaro miqyosdagi rolini yoritishga e’tibor qaratadi.
Kalit so‘zlar: Misr Arab Respublikasi, konstitutsiya, Al-Azhar universiteti, diniy mustaqillik, inson huquqlari kafolati, diniy ta’lim
Abstract: This article offers an overview of the geographical location of the Arab Republic of Egypt, its governmental structure, constitutional amendments, and the religious and academic significance of Al-Azhar University. It examines the presidential term, the powers attributed to parliament, and the human rights protections established in the 2014 constitution. The article emphasizes the cultural and religious influence of Al-Azhar University, highlighting its independence and the support provided by the state. Furthermore, it illustrates the international role of Al-Azhar's initiatives, showcasing the global impact of Egypt's cultural and religious institutions. The primary focus of the article is on Article 7 of the Egyptian constitution.
Keywords: Arab Republic of Egypt, constitution, Al-Azhar University, religious independence, guarantee of human rights, religious education
Misr Arab Respublikasi Afrikaning shimoliy-sharqiy qismida joylashgan davlatdir. Misr davlati ham islom davlatlaridan biri va aholisining asosiy qismi musulmon. Misrning konstitutsiyasi 1971-yil 11-sentabrdagi referendumda maʼqullangan. 2014 yilda konstitutsiya qayta ishlab chiqildi. Unda quydagicha o‘zgarishlar mavjud: prezident va parlament tashkil etilgan [1]. Prezident 4 yillik muddatga saylanadi va 2 muddatga saylanishi mumkin. Parlament prezidentga impichment e'lon qilishi mumkin. Konstitutsiyaga ko'ra, jinslar o'rtasidagi tenglik va mutlaq e'tiqod erkinligi kafolati bor, lekin Islom davlat dinidir. Harbiylar keyingi 8 yil davomida milliy mudofaa vazirini tayinlash imkoniyatini saqlab qoladi. Siyosiy partiyalar “din, irq, jins yoki geografiya” ga asoslangan bo‘lishi mumkin emas [2].
Misr Konstitutsiyasida Al-Azhar universiteti haqida bir nechta moddalarda ma'lumot berilgan. Al-Azhar Misrning eng yirik va eng qadimgi islom universiteti bo'lib, u musulmonlar uchun ilmiy, diniy va madaniy markaz sifatida muhim ahamiyatga ega.Misr Konstitutsiyaning 7-moddasida:
الازهر الشريف هيئة اسلامية علمية مستقلة، يختص دون غيره بالقيام على كافة شؤونه، وهو المرجع الاساسي في العلوم الدينية، والشؤون الاسلامية، ويتولى مسئولية الدعوة ونشر علوم الدين واللغة العربية في مصر والعالم. وتلتزم الدولة بتوفير الاعتمادات المالية الكافية لتحقيق اغراضه. وشيخ الازهر مستقل غير قابل للعزل وينظم القانون طريقة اختياره من بين أعضاء هيئة كبار العلماء.
Al-Azhar sharif mustaqil, ilmiy islomiy organ bo’lib, o’zining barcha ishlarini nazorat qiladi. Diniy ilmlar va islomiy ishlarda asosiy universitet hisoblanadi. Misr va butun dunyo bo’ylab diniy ilmlar va arab tilini tarqatish va targ’ib qilish uchun mas’uldir. Davlat o’z maqsadlariga erishish uchun yetarli moliyaviy mablag’larni ta’minlash majburiyatini oladi. Al-Azhar shayxi mustaqildir va uni olib tashlash mumkin emas va qonun uni katta ulamolar kengashi a’zolari orasidan tanlash usulini tartibga soladi.
Al-Azharning diniy ta'limi va faoliyatlari mustaqil bo'lib, uni boshqarish masalalarida davlatning aralashuvi ma’n etiladi. Shu bilan birga, Al-Azhar diniy masalalarda o'z qarorlarini chiqara olish huquqiga ega [3]. Al-Azhar Misrda va butun dunyoda islomiy ta'lim va ilmiy faollikning yetakchi markazi sifatida ko'riladi. U o'z ta'limotini boshqarish va yangi ilmiy yondashuvlarni ishlab chiqish mas'uliyatini o'z zimmasiga oladi. Al-Azhar Shayxi (rahbari)ni ta’yinlashda Al-Azharning diniy kengashi mas'ul bo'ladi. Buning uchun alohida komissiya tuzilgan bo'lib, bu komissiya Al-Azharning diniy sohada o'zgarishlarga qarshi mustahkamligini ta'minlaydi.
Konstitutsiyaning bu moddalari Al-Azharning diniy va ilmiy mustaqilligini ta'minlashga yo'naltirilgan bo'lib, u uning musulmon dunyosidagi muhim rolini tasdiqlaydi.
Xulosa
Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, biz yuqoridagi maqolada Misr davlatining geografik o’rni, davlat tuzilmasi va al-Azhar universitetining diniy va ilmiy ahamiyatini o’rgandik. Hamda Misr konstitutsiyasi 7- moddasi al-Azhar universiteti uchun bag’ishlanganini ko’rishimiz mumkin. Bu esa al-Azhar universitetining Misr davlatida o’rni beqiyos ekanini bildiradi.
Adabiyotlar ro‘yxati
1. O’zbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005)
2. „Population Estimates By Sex & Governorate 1/1/2021 (Theme: Population - pg.4)“
https://www.capmas.gov.eg/Pages/StaticPages.aspx?page_id=5035
3. „Population of Egypt Now (PopulationClock)“
https://www.capmas.gov.eg/Pages/populationClock.aspx
4. „World Economic Outlook Database, Oktabr 2019“
Yoqubjanov Abdurashid
ta’lim muassasasi oʻqituvchisi