Яратилиш санаси 18.12.2024

Farzand tarbiyasi

Farzand tarbiyasi, ayniqsa, diniy va axloqiy tarbiya, insonning dunyoviy va oxiratdagi muvaffaqiyati uchun muhimdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar:

 "أَكْرِمُوا أَوْلَادَكُمْ وَأَحْسِنُوا أَدَبَهُمْ"

"Farzandlaringizni hurmat qiling va ularga chiroyli odob o‘rgating". (Imom Abu Dovud rivoyati)

Ushbu hadis farzandning hurmati va unga yaxshi axloq berishning ota-ona zimmasidagi burch ekanini ochib beradi.

Mashhur mutafakkir Ibn Sino esa shunday degan: “Farzand tarbiyasi, xuddi bo‘sh yerga urug‘ sepishga o‘xshaydi; qanday urug‘ sepsangiz, o‘sha unadi”. Bu fikr tarbiya jarayonida bolaning yoshligida bergan ta’lim va odob uning kelajakdagi hayotini belgilab berishini ta’kidlaydi.

Shunday ekan, farzandlarni yoshlikdan odob-axloqqa, bilim olishga va mustahkam imonli bo‘lishga o‘rgatish zarur. Bu nafaqat ota-onaning burchi, balki jamiyatning barqarorligi va taraqqiyoti uchun ham xizmat qiladi.

Muhammadiyev Muhammadsolih,

ta'lim muassasasi o'qituvchisi