Men yuqori qavatda yashayman-u, Rasulullohsallollohu alayhi va sallam pastki qavatdami…
Nabiy sallollohu alayhi va sallam Madinaga hijrat qilgib, uni nubuvvat nuri bilan charog’on qildilar. U yerda Abu Ayyub Ansoriyning uylariga tushdilar. U kishining uylari ikki qavatli uy bo’lib, Abu Ayyub Ansoriy tepa qavatda oilasi bilan, Nabiy sallollohu alayhi vasallam esa pastki qavatda yashaydigan bo’ldilar. Abu Ayyub Ansoriy kechasi uyqularidan cho’chib uyg’onib ketdilar hamda “Nabiy sallollohu alayhi vasallam pastdalar, men esa U zotning ustilarida yashayapman. Bu aniq beodoblikku” deya hayolga cho’mdilar. Shu zaylda devor yoniga borib o’tirgancha tong ottirdilar. Ertlab o’zlari oilalari bilanpastki qavatga, Rasululloh sallollohu alayhi vasallam yuqori qavatga almashib olishdi.
Hazrat Zulfiqor Ahmad Naqshbandiyning“Boadab bonasib” kitoblaridan tarjima qilindi.
Muhammad Ibrohim Isoqjonov
ta’lim muassasasi oʻqituvchisi