Яратилиш санаси 08.01.2025

Ibrohim Adham rohimahulloh nasihatlari

Ibrohim ibn Adham rohimahulloh Basra bozorlarida yurgan edilar. Insonlar u zot atroflariga to'planib kelishdi-da, Qur'oni Karimdagi ( ٱدْعُونِىٓ أَسْتَجِبْ لَكُم  ) G'ofir Surasi 60-oyati haqida so'rab, o'zlaridagi bo'layotgan vaziyatni bayon qildilar. Keyin esa "Biz duo qilyapmiz lekin ijobat bo'lmayapti" deyishdi. Ibrohim ibn Adham rohimahulloh shunday dedilar: Sizlarning qalblaringiz quyidagi 10 narsa sababi o'lgandir:

  1. Allohni taniysiz-u, uni haqqini ado qilmaysiz;
  2. Allohning kitobini o'qiysiz-u, unga amal qilmaysiz;
  3. Iblisning dushmanligini davo qilasiz-u, unga ergashasiz;
  4. Rosulullohning yaxshi ko'rishliklarini davo qilasiz-u, ularning meroslarini va ul zot ning sunnatlarini tark qilasiz;
  5. Jannatni yaxshi ko'rishni davo qilasiz-u unga eltadigan amallarni bajarmaysiz;
  6. Jahannamning qo'rqinchli ekanligini bilasiz-u va lekin gunohlardan qaytmaysiz;
  7. Albatta o'lim haqligini ishonasiz-u, u uchun tayyorlanmaysiz;
  8. Sizlar boshqalarning ayblari bilan mashg'ulsiz, lekin sizlar o'zingizni aybingizni tark qilmaymiz;
  9. Allohning bergan rizqini yeysiz-u, unga shukur qilmaysiz;
  10. Sizlar o'lganlarni dafn qilasiz lekin ulardan ibrat olmaysiz.

 

Munavvarov Ahrorxon

ta'lim muassasasi 57-guruh talabasi