Яратилиш санаси 25.01.2025

O‘z asrining imomi Muhammad Anvarshoh Kashmiriyning hayot va ijodlari

Bu zotning to’liq ismlari Muhammad Anvar ibn Muazzzam Shoh ibn Shoh Abdul Kabir ibn Shoh Abdul Xoliq ibn Shoh Muhammad Akbar ibn Shoh Muhammad Orif ibn Shoh Haydar ibn Shoh Ali ibn Shayx Abdulloh ibn Shayx Mas’ud al-Bazuriy al-Kashmiriydir. 

Bu zotning bobolori Shayx Mas’ud Bog’doddan Hindistonga safar qilib, Multan degan joyga borib tushadilar. Keyin Lohurga va undan keyin esa Kashmirga borib, o’sha joyda yashab qoldilar. Shundan so’ng u kishining zurriyotlari uchun Kashmir doimiy manzilgohlari bo’lib qoldi. 

Anvarshoh Kashmiriy hijriy 1292-yilning shavvol oyining 27-tongida Kashmirning Vudvon qishlog’ida dunyoga keladilar. Boshlang’ich ilmlarni otalaridan ta’lim olib, bir necha kitob va risolalarni esa, o’z shahrining ulamolaridan oladilar. Keyin boshqa shaharlarga safar qilib ilm hosil qiladilar. Keyin o’z shaharlariga qaytib, u yerda diniy ma’hadga asos soladilar va uni “al-Fayzul omm”  deb nom beradilar. Ilm yoyish bilan mashg’ul bo’ldilar.

1323-yilda haj qiladilar va u yerda bir oy muddat qoladilar. U yerda joylashgan shayxul islom Orif hikmatul Husayniy va Mahmudiyya kutubxonasida bir qancha kitoblarni mutolaa qilib, fursatdan unumli foydalanadilar.

Anvarshoh Kashmiriy ana shunday ilmga chanqoq va yetuk olim edi. U zot haqlarida Shayx Ashraf Ali Tahonaviy aytadilar: “Ba’zi mustashriqlar: “Imom G’azzoliy musulmon ummatini ichida mavjud ekani islom dinining haq ekaniga dalildir” degan gaplarini eshitib qoldim. Men aytamanki: “Anvarshoh Kashmiriyning musulmon ummatini qatorida ekani islom haq din ekaniga dalildir”.

Anvarshoh Kahmiriy hijriy 1352-yilda bu foniy dunyoni tark etadilar. Alloh u zotni o’z rahmatiga olsin. Qoldirgan ilmlarini biz tolibi ilmlarga ham yuqishini va u zotdek yetuk olim bo’lishimizni nasib qilsin! 

Manba: Anvarshoh Kashmiriy. Fayz al Boriy ala Sahih al-Buxoriy. 1-jild. 13-14 betlar.

Yoqubjanov Abdurashid

ta'lim muassasasi o'qituvchisi