Nabiy sallollohu alayhi vasallamning farzandlari
Imom Navaviy rohimahulloh aytadilar: Nabiy sallollohu alayhi va sallamning uchta o’g’illari bo’lgan: ulardan biri Qosim bo’lib, Rasululloh sallollohu alayhi va sallam uning ismi bilan kunyalanganlar. payg’ambarlikdan oldin tug’ilganlar. ikki yoshliklarida vafot etganlar. yana bir o’g’illari Abdulloh bo’lib, Toyyib, Tohir kabi ismlar bilan ham nomlanganlar. Chunki u kishi nubuvvatdan keyin tug’ilganlar. uchunchi o’g’illari Ibrohim bo’lib, Madinada sakkizinchi yili tug’ilib, o’ninchi yili vafot etganlar. o’shanda o’n yeti yoki o’n sakkiz oylik chaqaloqliklarida hayotdan ko’z yuganlar.
Nabiy sallollohu alayhi va sallamning to’rtta qizlari bo’lgan: ularning biri Zaynab bo’lib, Abul Os ibn Robi’ga turmushga chiqqanlar. u holalari Hola binti Xuvaylidning o’g’li bo’lgan.
Yana birlari Fotima bo’lib, u kishi Ali ibn Abu Tolib bilan turmush qurganlar.
Ruyayya va Ummu Kulsumlarga esa Usmon ibn Affon roziyallohu anhu uylanganlar. ikkovlari ham u kishining nikohida ekanliklarida vafot etganlar. shuning uchun ham “zunnuroyn” (ikki nur egasi) deb atalganlar.
farzandlarining hammalari Xadicha onamizdan bo’lib, faqat bitta Ibrohim o’g’illarigina Moriya Qibtiyyadan edi. Fotima onaizdan tashqari barcha farzandlari Rasululloh sallollohu alayhi va sallamdan oldin vafot etganlar. Fotima roziyallohu anhu U zot sallollohu alayhi va sallamdan keyin olti oy umr ko’rdilar.
Isoqjanov Ibrohimjon
ta'lim muassasasi o'qituvchisi