Яратилиш санаси 29.01.2025

Nabiy sallollohu alayhi va sallam Ka’bani bino qilishda qatnashdilar

إِنَّ أَوَّلَ بَيْتٍ وُضِعَ لِلنَّاسِ لَلَّذِي بِبَكَّةَ مُبَارَكًا وَهُدًى لِلْعَالَمِينَ

Albatta, odamlar (ibodati) uchun qurilgan birinchi Uy - Bakka (Makka)dagi muborak va olamlar uchun hidoyat (manbai) bo'lmish (Ka'ba)dir. (Oli Imron surasi, 96-oyat).

Abu Zar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Men Rasululloh sallollohu alayhi va sallamdan yer yuzida qurilgan ilk masjid haqida so’radim. U kishi: “Masjidul harom”, deb javob berdilar. Men: “Keyingisichi?” dedim. U kishi: “Masjidul aqso”, dedilar. Men: “Ular orasida qancha muddat bor?” dedim. U zot: “Qirq yil. keyin yerning hammasi sening uchun masjiddir. qayeriga yetsang, o’sha joyda namoz o’qiyver. albatta, fazl o’sha yerdadir”, dedilar. Muttafaqun alayhi.

ilm ahllari Ka’bani birinchi bo’lib kim qurgan degan masalada ixtolf qilganlar. ularning ba’zilari farishtalar qurgan desalar, boshqalari esa Oda alayhissalom deydilar. yana bir boshqa toifalar esa Ibrohim va Ismoil alayhumassalomlar ekanliklarini ta’kidlaydilar. 

kuchli gap Ka’ba Ibrohim va Ismoil alayhumassalomlardan oldin ham bor edi. lekin buzilib, asoslari qolgan edi. o’sha poydevorlarini ko’targanlar Ibrohim va Ismoil alayhumassalomlar edilar. Alloh taolo bu haqida shunday marhamat qiladi: 

وَإِذْ يَرْفَعُ إِبْرَاهِيمُ الْقَوَاعِدَ مِنَ الْبَيْتِ وَإِسْمَاعِيلُ رَبَّنَا تَقَبَّلْ مِنَّا إِنَّكَ أَنْتَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ

Eslang: Ibrohim (o'z o'g'li) Ismoil bilan birgalikda Uy (Baytulloh)ning poydevorini ko'tarar ekanlar, (shunday duo qildilar): "Ey, Rabbimiz, bizdan (ushbu ishimizni) qabul et. Albatta, Sen eshituvchi va dono zotdirsan! (Baqara surasi, 127-oyat).

Ka’ba Nabiy sallollohu alayhi va sallam payg’abar sifatida yuborilishlaridan avval buzilish holatiga kelib qolgan edi. bu voqiya kuchli gapga ko’ra U zotga nuvvat kelishidan besh yil oldin sodir bo’lgan edi. Quraysh uni yangilashda ribo va shunga o’xshash fasod yo’llar bilan topilgan pullarni aralashtirmagan holda qayta qurishga kelishib olishdi. avval uni buzishga qo’rqishda. keyin Valid ibn Mug’ira Maxzumiy boshlab berdi va qolganlar unga ergashishdi. ular Ka’bani qurishlikni taqsimlab olishdi. Har bir qabila o’zi uchun mo’ljallangan joyiga tosh olib kelishar edi. shunday qilib uni qurishni boshladilar. Rumlik Boqum isli binokorni qurilish ishlariga bosh qilib qo’yishdi. qurilish Hajarul asvadgacha yetib borganda uni kim o’rniga qo’yishi masalasida tortishib qolishdi. ushbu nizo to’rt-besh kun davom etdi. hatto haram yerida urishib ketishlariga ham oz qoldi. lekin Abu Umayya ibn Mug’iyra Maxzumiy mana shu masjidga birinchi kirib kelgan kishini hukm qilishiga taklif qildi. shunda hammalari rozi bo’ldilar. Alloh azza va jalla o’sha kishi Rasululloh sallollohu alayhi va sallam bo’lishlarini xohladi. U kishini ko’rganlarida: “Bu Amin (ishonchli)-ku! biz unga rozimiz. Bu Muhammad-ku”, deb baqirib yubordilar. Nabiy sallollohu alayhi va sallam ularning oldilariga yetib borganlarida bo’lgan voqiyani so’zlab berishdi. Shundan Nabiy sallollohu alayhi va sallam rido olib kelishni so’radilar. olib kelingandan so’ng uning o’rtasiga toshni qo’ydilar. nizoga borayotgan qabilalar boshliqlaridan ridoning atrofidan hammalari ushlashlari so’radilar hamda ular ko’tarib va birgalikda joyiga qo’ydi.

Isoqjanov Ibrohimjon

ta'lim muassasasi o'qituvchisi