Яратилиш санаси 14.02.2025

Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma» asarida muallif shaxsi

(14 ~fevral-Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun)

Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zbek mumtoz adaboyotining eng porloq siymolaridan, jahon adabiyotining atoqli namoyandalaridan biri,ulug‘ shoir va nosir,zakovatli olim,qomusiy alloma, ulkan davlat arbobi va yirik sarkardadir.

Bobur qisqa va mashaqqatli hayoti davomida barakali ijod qildi. Uning she’rlari va mashhur “Boburnoma” asari o‘zbek adabiyoti taraqqiyotiga bebaho hissa bo‘lib qo‘shildi.

“Boburnoma”-adib ijodiy merosining eng muhimi va eng  yirigi, o‘sha davr o‘zbek adabiyoti va o‘zbek tilining mumtoz namunasi,madaniy va ilmiy merosimizning noyob durdonasi, Bobur shuhratini jahonga yoygan shoh asardir.

Asar “Vaqoe”, “Voqeanoma”, “Boburiya”, “Tuzuki Boburiy”, “Voqeoti Boburiy”, “Voqeanomai shoh Bobur”, “Tavorixi Boburiy” nomlari bilan atab kelingan.Keyinchalik “Boburnoma” nomi bilan mashhur bo‘lib ketgan.

“Boburnoma”ning markaziy va yetakchi siymosi, bosh qahramoni Boburning o‘zidir. Asarda voqealar boshdan-oyoq bevosita yoki bilvosita u bilan birga, u bilan bog‘liq holda boradi. Bobur timsoli butun ijtimoiy-siyosiy faoliyati,sarguzashtlari, voqealarga va odamlarga munosabati, kurashlardagi zafar va mag‘lubiyati, dard-u hasrati,orzu-armonlari va hokazo xatti-harakatlari, ahvoloti va shaxsiy fazilatlari bilan jamol ko‘rsatadi. Tadbirkor, siyosiy arbob, jasur va mohir lashkarboshi, dovyurak bahodir, iqtidorli olim, shoir, ulug‘ donishmand sifatida gavdalanadi.

“Boburnoma” muallifining o‘ziga xos tarjimayi holi, aqlini taniganidan boshlab  umrining oxirigacha kechgan hayot solnomasi, quvonch va alam, zafar va mag‘lubiyst to‘la hayotining solnomasidir.Muhimi,eng og‘ir damlarda ham u o‘zining tanti, jo‘mard, atrofidagilarga mehribon zot sifatidagi insoniy fazilatlarini saqlab qoladi.Ayniqsa,Boburning ota sifatidagi qarashlari,odatlari,harakatlari va qilgan ishlari alohida tahsinga loyiqdir.

“Boburnoma”da hikoya qilinishicha,1559-yili Humoyun qattiq kasalga chalinadi.Zamonaning eng katta tabiblari ham shahzodani davolay olmaydilar.Humoyunni Badahshondan Dehliga Boburning yoniga olib keladilar.

“Boburnoma”da o‘qiymiz:«...tabiblar har qancha doru-darmon berdilar,yaxshi bo‘lmadi.Mir  Abdulqosimkim, ulug‘ kishi erdi,arzg‘a yetkurdikim,ushmundoq dardlarg‘a darmon budurkim, yaxshi nimarsalardin tasadduq qilmoq kerak.Toinki tangri taolo sihhat bergay.Mening ko‘nglumga keldikim, Muhammad Humoyunning mendin o‘zga yaxshiroq nimarsasi yo‘q.Men o‘zim tasadduq bo‘layin,xudoy qabul qilsun.Xoja Xalifa,o‘zga muqarrablardin arzg‘a tegurdilarkim, Muhammad Humoyun sihhat topar, siz nechun bu so‘zni tilingizga kelturasiz.G‘araz budurkim,dunyo molidin yaxshisini tasadduq qilmoq kerak.Bas,o‘shal olmiskim,Ibrohimning urushida tushub erdi,Muhammad Humoyung‘a  inoyat qilib erdingiz,tasadduq qilmoq kerak.Tilga keldikim,dunyo moli aning evazig‘a nechuk bo‘lg‘ay,men aning fidosi qilurmenkim,hol anga mushkul bo‘lubtur.Va andin o‘tubturkim,men aning betoblig‘ig‘a toqat kelturg‘aymen.O‘shal holatta kirib,uch qatla boshidin o‘rgulub,dedimkim,men ko‘tardim,har ne darding bor.O‘shal zamon men og‘ir bo‘ldim,ul yengil bo‘ldi.Ul sihhat bo‘lub qopti.Men noxush bo‘lub yiqildim. A’yoni davlat va arkoni mamlakatni chorlab,bay’at qo‘llarini Humoyunni qo‘lig‘a berib, joynishinlig‘ig‘a va  valiahdlig‘ig‘a nasb qildim.Va taxtni ang‘a topshurdum »(459-bet)bet

Subhanaallah...Qanday  go‘zal va ayni damda qayg‘uli bir manzara,oqilona echim!

Darhaqiqat,otalik --erkak zotining kamolot darajasidir.Bejizga xalqimiz otalarni e’zozlab,padari buzrukvor,demaydi.Uzoq yillik pedagogik faoliyatim davomida ne-ne otalarni uchratdim.Bu nomga munosib,bu nomga nomunosib...

Shunday alg‘ov-dalg‘ovli,jang-u jadallar ichida yashab ham otalik mas’uliyatini,otalik burchini unutmagan,otalik martabasini nafaqat oilasi,o‘z davri,balki tarix oldida yuksakka ko‘targan shoh Boburga sharaflar bo‘lsin!

Mamatxodjayev Toʻxtasin

ta’lim muassasasi xodimi