
Makka tafsir maktabi
Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumoning qo’llarida ko’plab ulamolar tehsil olganlar. Keyinchalik bu jarayon sabab Makka tafsir maktabi deb tanilgan.
Ular Qur’oni karim tafsiri borasida ustozlarining yo’llaridan borib, uni yanada boyitdilar. Ular tafsir ilmi borasida eng peshqadam zotlar edilar.
Shayxul Islom ibn Taymiya shunday deydilar: “Ammo tafsirga keladigan bo’lsak, albatta, bu borada eng peshqadam ulamolar ahli makkaliklar bo’lganlar. Chunki ular Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumoning sohiblari bo’lganlar. Ular Mujohid, Ato ibn Abu Raboh, Ikrima, Tovus, Abu Sha’so hamda Said ibn Jubayr va shunga o’xshagan zotlar”.
Quyida mana shu maktab vakillarini qisqacha ta’rifotlari aytib o’tiladi:
Said ibn Jubayr: U Said ibn Jubayr al-Kufiy. Bu kishi Ibn Abbos va boshqa sahobalardan dars eshitgan tobeinlarning peshqadamlaridan biri. U kishining ilmlari va fazllari borasida Ibn Abbos roziyallohu anhu o’zlari ahli Kufa kelib, haj mavsumi haqida so’raganida guvohlik berganlar. Ularga: Sizlarning orangizda Said ibn Jubayr yo’qmi, deb javob berganlar.
Ashas ibn Is’hoqdan rivoyat qilinadi: Said ibn Jabayrni “Ulamolarning olg’iri”, deb nomlanadi.
Abdulloh ibn Abu Sulaymon Saiddan rivoyat qiladi: ikki kechada xatm qilar edi.
Maymun ibn Mehron aytadi: Said ibn Jubayr vafot etdi. Yer yuzida uning ilmiga muxtoj bo’lmagan inson yo’q edi.
U kishini Hajjoj to’qson beshinchi yili, Sha’bon oyida qatl qildi. Bunga sabab u kishining Ibn Ash’as bilan qilgan itoatsizlgi edi.
Mujohid
U kishi Abu Hojjoj al-maxzumiy, al-Makkiy, mufassir, hofiz va Soib ibn Abu Soibning mavlosi. U zot Ibn Abbos roziyallohuning eng taniqli o’quvchilaridan bo’lganlar. U kishini lozim tutib, u kishidanb ta’lim olganlar. U kishi ilmni saqlovchilardan biri bo’lganlar. U kishi aytadilar: men Ibn Abbosga Qur’onni uch marta o’qib berdim. Har bir oyatda to’xtab, uning nima borasida nozil bo’lgani va qanday bo’lganio haqida so’rar edim.
Qatoda aytadi: tafsir bilan qolganlarning eng bilimdoni Mujohiddir. Xosif aytadi: ularning ichida tafsirni eng biluvchi zot bu Mujohid bo’ladi.
Abu Bakr al-hanafiy aytadi: Sufyon Savriy shunday deyotganini eshitdim. Agar senga Mujohiddan biror tafsir keladigan bo’lsa, senga yetadi.
Mujohidning qo’llarida ibn Kasir Abu Amr ibn Alo hamda ibn Muhsin ta’lim olganlar.
Tovus
U Tovus ibn Kayson al-Yamoniy al-Janadiy bo’lib, ibn Abbos, Abu Hurayra, Oisha, Zayd ibn Sobit va boshqalardan rivoyat qiladilar.
Tovus aytadilar: Sahobalardan ellik nafari bilan ko’rishdim.
U zot rohimahulloh boshqalarning majlisidan ko’ra ibn Abbos roziyallohu anhuning ilm kmajlislariga ko’proq borar edilar. shuning uchun ham u kishi Ibn Abbosning shogirdlaridan hisoblanadilar. Abdulloh ibn Abbosning o’zlari u kishining vara va taqvolari borasida guvohlik berganlar. Shunday deganlar: men Tovusni jannat ahlidan deb tahmin qilaman.
No’mon ibn Zubayr al-Sanoiy aytadi: amirul mo’minin Tovusga besh yuz dinor jo’natdi. U kishi bu pullarni qabul qilmadi.
Ibrohim ibn Maysara aytadi: Tovusdan boshqa manzilda ulug’ va kamtar bo’lgan kishini ko’rmadim.
Amr ibn Diynor aytadi: unga o’xshash biror kimsani ko’rmadim. Ahli Yamanning shayxi va faqihidir. Ko’p haj qiluvchi kishi edi. uning o’limi ham Makkada tarviya kunidan bir kun oldinga to’g’ri keldi. Yuz oltinchi sanaga to’g’ri keladi. Uning janozasini Hishom ibn Abdulmalik o’qidi.
Isoqjanov Muhammadibrohim
ta’lim muassasasi oʻqituvchisi