
SAHOBALAR DAVRIDA TAFSIR
Sahobalar roziyallohu anhumlar davrida tafsira bo’lgan ehtiyoj yanada oshdi. Bunga quydagi omillari sabab bo’lgan:
1. Islomni ko’plab arab bo’lmagan qavmlar qabul qildilar. Ular dinlariga oid bo’lgan ishlarni va Robbilari ko’rsatib bergan shariatni bilishga, Alloh taolo nozil qilgan kitobini tadabbur qilishga juda ham haris bo’lganlar. Ularga Qur’onning ma’no-yu maromlarini bilishga imkon beruvchi tildan uzoq bo’lganlari sababidan Qur’on nozil bo’liboq yetkazilgan, hidoyat borasida eng bilag’on kishilar bo’lgan sahobalarga ehtiyoj, albatta, oshdi.
2. Islomda sahobalarning farzandlaridan ham bir avlod o’sib-ulg’aydi. Shu bilan birgalikda muslmon arablardan bo’lgan lekin vahiy nozil bo’layotgan paytda hozir bo’lmagan, Qur’on tushish paytlaridagi jarayonlarda bevosita ishtirok etmagan kishilarning avlodlari ham ulg’aydilar. Bunday kishilar oyatlarning tushish sabablari va oyatlar mazmuni anglashda muhim ro’l o’ynagan voqea-hodisalarda ishtirok etmaganlar. Oyatlar o’z ichiga oluvchi hidoyat va tavjihotlarga bo’lgan nurga yo’liqdi.
Sahobalar roziyallohi anhumlar – ularning ko’plari vahiy tushgan davrda yashagan hamda Qur’oni karim nozil bo’layotgan bir paytdagi jarayonlarda bevosita o’zlari ishtirok etganlar – Qur’on oyatlari borasida so’rashga eng tog’ri yechim bo’lganlar.
3. Islom davlatining hududi kengayib ketdi. Sharqiy taraflardan Hind va Sindga, shimol tarafdan Armeniya va Azarbayjonga, g’arbda Rum dengizi va Atlantika okeaniga, janubda esa Arab dengizigacha yetib bordi. Arablar boshqa xalqlar bilan aralashib bordilar. Islom madaniyatiga ko’plab boshqa madaniyatlar, jumladan, yangi musulmon bo’lgan xalqlar madaniyati, nasroniy va yahudiylardan iborat bo’lgan ahli kitoblar va majusiy hamda boshqalardan tashkil topgan sharq falsafasi aralashishi kuzatildi. Odamlar orasida ularning yo’lg’onidan sahihini, keyinchalik to’qib chiqarilganidan asl suyaniladigan ma’ulomotlarni ajratib olishga bo’lgan xojat rosmana oshib ketdi. Xossatan olganda, oldingi o’tgan ummatlar va ularning payg’ambarlari hamda faylasuflar ilgari suradigan masalalardan bo’lgan olam va maxluqotlarning paydo bo’lishi borasidagi baxslarda shunday muammolar ko’payinb ketdi.
Mana shunday vaziyatda buday masalalar borasida Islomning asl asosini bilishga intilish sahobalar roziyallohu anhumlarga qaytib ish ko’rishga juda katta ehtiyoj bor edi. Shuning uchun hamki, tafsir manbalarida Rasululloh sallollohu alayhi va sallam vafotlaridan keyin ancha uzoqroq yashgan sahobalarning fatvo va boshqa rivoyatlar borasidagi naqllarini Rasululloh sallollohu alayhi va sallam vafotlariga yaqin olamdan o’tgan sahobalarnikidan ko’ra ko’proq topamiz.
Mana shularning barchasi sahoba roziyallohu anhumlarni turli xil joylarga borib, odamlarga dinlarini hamda Allohning kitobini tafsirini o’rgatishni taqozo qildi.
Bunga xilof ravishda amirul mo’minin, Umar ibn Xattob roziyallohu anhu muhojir va ansor sahobalarning kiborlarini Islom davlatining poytaxtida, o’zining yonida olib qolishga juda ham haris bo’lgan. Buning sababi amirul mo’minin davlat ishlarida va hukmlar borasida ular bilan maslahatlashib ish ko’rishga intilganidir. Lekin shunday bo’lsada u kishi ham Abdulloh ibn Masud roziylohu anhuni Iroqqa jo’natgan va bu masalada ularga xat ham yozgan.
“… Men sizlarga Ammor ibn Yosirni amir va Abdulloh ibn Masudni muallim va vazir o’laroq yubordim. Bu ikkovi ham badrda ishtirok etgan Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning aslzoda sahobalaridan hisoblanadilar. Abdulloh ibn Masudni baytul molingizga qo’ydim. U ikkisidan ta’lim olinglar va ularga iqtido qilinglar. Men Abdulloh ibn Masudni sizlarga o’zimdan yuqori ko’rdim”.
Shuningdek, boshqalarni ham turli xil joylarga jo’natganlar. Amr ibn Ossni Misrga, Sa’d ibn Abu Vaqqosni Iroqqa va Shomga, Muoz ibn Jabalni Shomga yuborganlar. Har bir sahobiy ilm va Alloh taoloning kitobining fahmi edi. Ularning Rasululloh sallollohu alayhi va sallamdan ta’limlari va oyatlarning nozil bo’lish sabablari borasida bevosita bilganlari marfu’ qavl orqali ta’lim olmagan narsalarga izofa qilish bilan Qur’oni karim ma’nolari va maromlarini bilishda xos idroklari bo’lgan. O’sha kun voqeligidan kelib chiqqan farz hukm shundan iborat ediki, odamlarning o’zlari yashab turgan hududda turgan sahobiyga shogird tushib, o’zining ustozidan rang olish hamda fahm va istinbot qilishda uning manhajidan borish edi. O’quvchi o’z ustozining masofasi edi.
Ajablanarlisi shundaki, ular insoniyat muallimi, bashariyat murshidi, risolat yetkazuvchisi bo’lmish Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning qo’llarida dars olgan avlodning ta’limini olganlar.
Abdulloh ibn Masud roziyallohu anhu aytadilar: “Sizlardan kimki, kimdandir namuna olmoqchi bo’lsa, Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning sahobalaridan namuna olsin. Chunki ular qalb jihatidan eng hudojo’y, ilm jihatidan eng chuquri, takallufi eng kam, hadya jihatidan esa eng to’g’risi, hol yuzasidan eng yaxshisidirlar. Alloh taolo ularni Rasululloh sallollohu alayhi va sallamga sohiblikka va o’z dinini qoim qilishga ixtiyor qilgan zotlardir. Fazllarini bilib olgin va ularning osorlariga ergashgin.
Imom Shofeiy rohimahuloh sahoba roziyallohu anhumlar haqida shunday naql qiladilar: “Ular bizdan har bir ilmda va ijtihodda, vara’ va aqlda, ilmga olib boradigan ishlarda va hukm istinbot qilinadigan narsalarda bizlardan ustun turadilar. Ularning bizga bergan fikrlari bizning o’zimizga qilgan fikrlarimizdan ko’ra maqtalgan va yaxshiroqdir”.
Mamadaliyev Mahmudxon
ta’lim muassasasi oʻqituvchisi