Яратилиш санаси 23.02.2025

Makka tafsir maktabining yirik namoyondalari

Ato ibn Abu Raboh

U Ato ibn Abu Raboh al-Qurashiy mavlolari abu Muhamad al-Janadiy al-Yamaniy bo’lgan. Makka mehmoni, faqih va imomlardan biri. Usmon roziyallohu anhuning xalifalik davrida tug’ulganlar. Umar roziyallohu anhuning xalifaligida degan gaplar ham bor. Oisha, Abu Hurayra, ibn Abbos, Abu Said, Ummu Salam ava boshqalardan ham rivoyatlar eshitgan.

Ibn Abbos roziyallohu anhu u kishining ilmlari borasida guvohlik berganlar: Ey ahli Makka, mening oldimga yig’ildingiz, vaholanki, sizning huzuringizda Ato borku.

Avzoiy aytadi: Ato kunlarning birida vafot etdi. U vafot etar ekan odamlarning huzurida yer ahlini rozi qildi.

Ismoil ibn Umayya aytadi: Ato ko’p sukut saqlaydigan inson edi. agar gapirsa ham bizlarga qo’llab-quvvatlayotganday tuyular edi.

Abu Ja’far al-Boqiydan rivoyat qilinadi: u aytadi: yer yuzida Hajning manosiklarini yaxshi biladigan Atodan boshqa hech kim yo’q.

Ibn Sa’d aytadi: u kishi siqa roviylardan bo’lib, ko’plab hadislar rivoyat qilganlar. O’z davrida Makkada fatvo beradigan kishi bo’lganlar. Abu Hanifa aytadi: Atodan afzal kishini uchratmadim. Rivoyat qilinishicha, u kishi yetmishdan ortiq haj qilganlar.

Qatoda aytadilar: tobeinlarning eng ilmlilari to’rtta edi. Ato ibn Abu Raboh haj manosiklari bilimdoni edi. Said ibn Jubayr tafsir ilmi bo’yicha yetuk edi. Ikrima siyrat borasida peshqadam bo’lganlar. Hasan basriy halol va harom borasida eng oldi bo’lganlar.  

Ato yuz o’n to’rtinchi yili vafot etgan.

Dohhak ibn Muzohim

U Abu Qosim Dohhak ibn Muzohim al-Hiloliy al-Balxiy mufassir bo’lganlar. Yahyo ibn Qotton aytadilar: Sho’ba Dohhak Abdulloh ibn Abbos bilan oldin uchrashganini inkor qilar edi.

Toyalisi aytadi: bizga Sho’ba hadis baytiob berdi. U aytadi: Abdulmalik ibn Maysaradan eshitdim: u aytadi: Dohhak ibn Abbos bilan ko’rishmagan. Said ibn Jubayr bilan ko’rishib, undan tafsir bo’yicha talim olgan.

Yahyo ibn Said aytadi: Dohhak bizning nazdimizda zaifdir.

Ibn Uddiy aytadi: Dohhak ibn Muzohim tafsirni yaxshi bilgan. Lekin Ibn Abbos, Abu Hurayra va undan qilingan hamma rivoyatlarda qarash bor. Ahmad, ibn Main va Abu Zar’a uni siqa deganlar.

Abdulloh ibn Ahmad aytadi: otam shunday deyotganini eshitdim: dohhak ibn Muzohim siqa va ishonchli roviy. Bir yuz beshinchi yilda vafot etgan. Bir yuz oltinchi yil vafot etgan degan qavl ham bor.

Ibn Abbosning mavlosi Ikrima

U Abu Abdulloh Ikrima al-barbariy olimlarni a’losi, ibn Abbosning mavlosidir. O’zining mavlosi, Oisha, Abu Hurayra, Ali ibn Abu Tolib va boshqalardan rivoyat qilgan.

Ulamolar u kishini jarh va siqa borasida bahs qilganlar.

Uni jarh qiluvchi ulamolar aytadilar: u xavorijlar kabi fikrlaydi. Ana shuning uchun ham Molik va Muslim uni rad qilganlar. Har bir narsani bilish Alloh taoloning kitobida bo’lishini davo qilgan.

Quyidagi gap Tovusga nisbat beriladi: agar ibn Abbosning mavlosi Allohga taqvo qilsa va ba’zi hadislarini bas qilsa, yuk ortadigan hayvoni uni sudraydi.

Ammo ahli ta’dillardan Amr ibn Diynordan shunday rivoyat qilinadi: Abu Sha’sodan eshitdim: u aytadi: bu Ikrima ibn Abbsning mavlosidir. Bu odamlarning eng biluvchirog’idir.

Mug’iyra rivoyat qiladi: said ibn Jubayrga aytildi: senda ham olimroq kishini bilasanmi? U kishi javob berdi: ha, u Ikrimadir.

Sha’biydan rivoyat qilinadi: Ikrimadan o’zga Allohning kitobini biluvchiroq kishi qolmadi.

Qurrot ibn Xolid aytadi: agar Ikrima Basraga keladigan bo’lsa, Hasan basriy undan tafsirdan dars olar edi. U ikkovlari to Ikrima qaytib ketguncha birga bo’lar edilar.

Abu Sha’so

U Jobir ibn Zayd al-Azdiy al-Basriy bo’lib, ibn Abbosning sohibi hisoblanadi. Undan Qatoda, Ayyub, Amr ibn Diynor, Toifalar rivoyat qilganlar. Uning tafsir borasida ilmi kengligi borasida ustozi Ibn Abbos roziyallohu anhu guvohlik berganlar: agar Basra ahli Jobir ibn Zaydning tafsir borasidagi qavllariga marhamat qilsalar, Allohning kitobi borasidagi ilmlarini kengaytirib yuborar edi.

Amr ibn Diynor aytadi: men Jobir ibn Abdullohdan o’zga fatvo borasida olimroqq kishini ko’rmadim. Abu Sha’so vafot etgan paytda Qatoda aytdi: bugun yer ilmi dafn qilindi. U kishi hijratning to’qson uchinchi yili vafot etdilar.

Muhammadibrohim Isoqjonov

ta’lim muassasasi oʻqituvchisi