Яратилиш санаси 25.02.2025

Tafsir fanining qur’onni tushunishdagi o‘rni

Tafsir – Qur’oni Karim oyatlarini to‘g‘ri talqin qilish, ularning nozil bo‘lish sabablarini ochib berish va shariat hukmlarini izohlash bilan shug‘ullanadigan ilmiy fan. Qur’on mazmunan chuqur bo‘lgani uchun uni tafsir ilmiga tayanmasdan to‘liq tushunish mushkul.

Tafsirning asosiy vazifalari:

• Oyatlarning ma’nolarini ochib berish va undagi ma’noni insonlarga yetkazish.
• Nozil bo‘lish sabablari (sabab-nuzul).
• Shariat hukmlarini anglash va fiqhiy qoidalarni sharhlash.
• Qur’onni noto‘g‘ri talqin qilishning oldini olish.
• Lug‘aviy va balog‘at jihatlarini tahlil qilish.
Ushbu sohada ko’plab Buyuk Ulamolar o’z tafsirlarini yozib qoldirganlar.

Mashhur tafsir kitoblari:

• “Tafsir at-Tabariy” – hadis va tarixiy rivoyatlarga asoslangan.
• “Tafsir Ibn Kasir” – sahobalar va tobeinlarning sharhlariga tayanadi.
• “Tafsir al-Kashshof” – arab tili va adabiy jihatdan chuqur talqin.
• “Tafsir al-Jassos” – fiqhiy tafsir va shariat masalalariga bag‘ishlangan.

Tafsir ilmi Qur’on mazmunini anglash, shariat qoidalarini to‘g‘ri tushunish,undagi ma’nolardan kishilar o’zlari uchun kerakli foydani olish va dinni noto‘g‘ri talqin qilishdan saqlanishda muhim rol o‘ynaydi.

Nuriddinov Nurmuhammad

ta'lim muassasasi 54-guruh talabasi