Яратилиш санаси 25.02.2025

Buyuk xulq

Alloh taolo Oʻz oyati karimada rosuliga xitob qilib shunday marhamat qiladi:

(وَإِنَّكَ لَعَلَىٰ خُلُقٍ عَظِیم) 

"Albatta siz buyuk xulq ustidadursiz"

Alloh rosulini vasflagan u xulq nima edi?

Albatta u go‘zal xulqdir. Islom go‘zal xulqni yuqori baholaydi va insonni ulkan darajalarga yetkazishi ta'kidlaydi. Bu haqda Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam bir qancha hadislarida so‘z yuritilgan.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: "Men yaxshi xulqlarni mukammal qilish uchun yuborilganman" (Bayhaqiy rivoyati).

Bu hadis ulamolar tomonidan shunday sharhlangan: Payg‘ambarimizning yuborilishlarining asosiy maqsadlaridan biri insonlarni go‘zal xulq-atvorga erishishga undashdir.

Shuningdek, Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Albatta, mo‘min chiroyli xulqi bilan ro‘zador, tunlarda qoim bo‘luvchi darajasiga yetadi", deganlar. (Abu Dovud rivoyati).

Ulamolar bu hadisni sharhlab, go‘zal xulqning insonni nafaqat dunyoda, balki oxiratda ham yuksak maqomlarga yetkazishini ta'kidlaydilar.

Umaraliyev Isroil

ta'lim muassasasi talabasi