
Tafsirda Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhuning yo’li
Sahoblar davrida qabul qilingan uslub umumiy bo’lgan. Ulardan keying kelgan avlod ham ulardan naql qilar edilar hamda ularning yo’llarini ushlar edilar. Mana shu yo’l – Qur’onni Qur’on bilan tafsir qilish uslubi bo’lgan. Oyatlarning ko’plari bir birini tafsir qiladi.
Bir o’rinda qisqa bo’lgan narsa, boshqa o’rinda mufassal bo’lishi mumkin. Bir joyda umumiy bo’lgan narsa, boshqa o’rinda xoslanib kelishi mumkin. Ko’p oyatlar bir necha o’rinlarda ishlatilishi qaytlanishi mumkin. Qisqa ma’no anglatib kelgan oyatlarni gohida boshqa joyda qanchalar keng ma’noga ega ekanligini va bayonini topishingiz mumkin. Qur’oni tafsir qilayotgan mufassirga Qur’oni Karimda takrorlanib kelgan oyatlarni hamma o’rinlarini birgalikda o’rganib chiqish lozim bo’ladi. Chunki zikr qilingan siyoqlardagi ma’no va dalolatlarni barini jamlab olishlik kerak bo’ladi. Ularning orasidagi mansux va nosix oyatlarini ajratib olishlik, yoki zohiridagi ziddiyatlarni jamlashlik ham kerak bo’ladi.
Agar mufassir Qu’ronni Qur’on bilan tafsir qilishga biror oyat topmasa, Qur’onni sunnat bilan tafsir qilishga o’tadi. Ma’lumki, Rasululloh sallollohu alayhi va sallamga topshirilgan muhim vazifa yetkazishlik va bayon qilishlik bo’lgan. Alloh taolo marhamat qilib aytadi:
“… Va senga odamlarga nozil qilingan narsani o’zlariga bayon qilib berishing uchun Zikrni nozil qildik. Shoyadki, tafakkur qilsalar. Nahl, 44-oyat.
Rasululloh sallollohu alayhi va sallam Musulmonlarning fikrlarini hadisi va bayonidan iborat mana shu ishga burdilar: “Albatta, menga Kitob va uning mislicha narsa berilgan. O’rindig’ida o’tirgan to’q odam shoshiladi. Deydi: sizlarga bu Qur’onda halolidan nima topsangiz uni halol deng. Agar unda haromidan nima topsangiz uni harom deng”.[1]
Sahobalarning ko’plari Umar, Abdulloh ibn Masud va Ali roziyallohu anhumlardek ustozlarining qavllariga qaytganlar. Sababi nuzullari, hodisalar tarixi, siyratlar va g'azot’ardan iborat mana shu murojaatdan yoki arab lug’ati, lahjalari va odatlaridan so’ng boqiy qoladi.
Mana shularning barchasi oyati karimadan ko’zlangan ma’noni ravshanlashtirishga xizmat qiladi.
Biz ahamayat qiladigan tafsirdagi mana shu yo’l Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilingandir.
Birinchidan: Ibn Abbos roziyallohu anhuning Qur’onni Qur’on bilan tafsir qilishlariga misollar:
1. “… Va ular sizdan mustahkam ahdu paymon olganlar-ku?!” (Niso, 21-oyat) degan Alloh taoloning so’zi haqida u kishidan shunday tafsir kelgan: “… So’ngra yaxshilikcha ushlab qolish yoki yaxshilikcha qo’yib yuborish…”. Bunda quyidagi oyatga ishora qilganlar:[2]“Taloq ikki martadir. So’ngra yaxshilikcha ushlab qolish yoki yaxshilikcha qo’yib yuborish…”. Baqara, 229-oyat.
2. “Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmas…”, (Baqara, 286-oyat) oyati haqida u kishidan quydagicha tafsir vorid bo’lgan: mo’minlarki, ularga Alloh taolo dinlari ishlarini toqatlari yetadigan qilib berdi. Alloh taolo aytadi: “…Va sizga bu dinda hech tanglik qilmadik…”. (Haj, 78-oyat). “Allohga qo’lingizdan kelganicha taqvo qiling…”. (Tag’obun, 16-oyat).
3. Ibn Abbos roziyllohu anhu tomonidan quyidagi: “…Unda shu Kitobning "onasi" sanalmish (ma'nosi) aniq oyatlar va (shu bilan birga) boshqa mutashobih (ma'nosi O'zidan o'zgaga noma'lum) oyatlar ham bor…” oyatini quydagicha tafsir qiladilar: oyatning “…Unda shu Kitobning "onasi" sanalmish (ma'nosi) aniq oyatlar…” degan qismi bu mana bu uch oyatga tegishli: Ayting: “Kelinglar, Rabbingiz sizlarga harom qilgannarsalarni o'qib beray” oyatidan An’om surasidan uchta oyatgacha, 151-152-oyatlar. Hamda Bani Isroil surasidagi: “Rabbingiz, Uning O'zigagina ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi. Ey, inson, agar ularning biri yoki har ikkisi huzuringda keksalik yoshiga yetsalar, ularga "uf" demagin va ularni jerkima! Ularga (doimo) yoqimli so'z ayt!” oyati (Isro, 23-oyat) va 33-39-oyatlaridir.[3]
4. Alloh taoloning mana bu so’ziga: “Xotinlaringizdan qaysilari fohishalik qilsa, ularga o'zlaringizdan to'rt (erkak) kishini guvoh qilingiz. Agar guvohlik bersalar, to ularga o'lim kelguncha yoki Alloh biror yo'l qilguncha, ularni (o'z) uylarida saqlangiz”. Niso surasi, 15-oyat.
Ibn Abbos roziyallohu anhu aytadilar: agar ayol kishi fahsh yo’lga kirsa, Nur surasi nozil bo’lgunicha uylarda saqlanar edi. Alloh taolo o’sha oyatda shunday deydi: “Zinokor ayol va zinokor erkakning har biriga yuz darra uringlar…”. Nur surasi, 2-oyat. Alloh taolo oyatda aytgan yo’lni qildi. Kim zino qiladigan bo’lsa, darra uriladi yoki irsol qilinadi.[4]
5. Bir kishi Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumodan Alloh taoloning “Rabbimiz - Allohga qasamki, (biz) mushrik bo'lmaganmiz!” va “(U yerda ular) Allohdan biror gapni yashira olmaydilar…” oyatlari haqida so’radi. Ibn Abbos roziyallohu anhu aytdilar: “Rabbimiz - Allohga qasamki, (biz) mushrik bo'lmaganmiz!” bu oyatdagilar Ahli Islomdan boshqa kishilar jannatga kirolmayotganligini ko’rganlarida keling inkor qilamiz, deb aytadilar. So’ngra “Rabbimiz - Allohga qasamki, (biz) mushrik bo'lmaganmiz!”, deydilar. Alloh taolo ularning og’izlarini muhrlab qo’yadi. Shu onda qo’l va oyoqlari tilga kiradi. “(U yerda ular) Allohdan biror gapni yashira olmaydilar…”.[5]
6. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, u zot Alloh taoloning mana bu: “(o'sha Kunda) guvoh va guvohlik beriluvchiga” (Buruj surasi, 3-oyat) oyati haqida “Shohid” bu – Rasululloh sallollohu alayhi va sallamdir, dedilarda: “Har bir ummatdan (o'z payg'ambarini) guvoh sifatida keltirganimizda va Sizni (ey, Muhammad,) ularga guvoh qilib keltirganimizda, (ularning holi) ne kechur?!” (Niso surasi, 41-oyat)oyatini o’qidilar. Oyatdagi “mashhud” bu qiyomat kunidir, dedilarda: “Bu kun odamlar to'planadigan va hozir bo'linadigan kundir”. (Hud surasi, 103-oyat)ni o’qidilar.
Ikkinchidan: Ibn Abbos roziyallohu anhuning Qur’onni sunnati nabaviy bilan tafsir qilishlariga misollar:
1. Alloh taoloning: “Shuningdek, o'rtalaringizdagi o'zaro muomalada nomi keltiriluvchi Allohdan va qarindoshlar (aloqasini uzish)dan qo'rqingiz!” (Niso, 1-oyat) degan so’zi haqida Ibn Abbos roziyallohu anhu Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning quyidagi hadislarini keltiradi: “Qarindosh-urug’laringizga siylayi rahm qilingiz. Mana shu sizlar uchun bu dunyoda boqiyroq, oxiratda esa xayrliroqdir”.[6]
2. Alloh taoloning: “(Bu taqsimot merosxo'rlarga) zarar yetkazilmasdan qilingan vasiyat yoki qarz (adosi)dankeyin Allohning buyrug'iga binoan (ijro qilinur)”, (Niso surasi, 12-oyat) degan so’zini Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning quyidagi hadislari bilan tafsir qiladilar: “Vasiyatda zarar yetkazishlik kabira gunohlardandir”.[7]
3. Alloh taoloning: “Agar sizlar man etilgan gunohlarning kattalaridan saqlansangizlar, kichik gunohlaringizni sizlardan o'chirurmiz va sizlarni shinam manzil (jannat)ga kiriturmiz. (Niso surasi, 31-oyat) degan so’zi borasida Ibn Abbos roziyallohu anhu Rasululloh sallollohualayhi va sallamning quyidagi hadislarini keltiradilar: “Kimki ikki namoz orasini uzrsiz jamlasa, gunohi kabiralardan biriga qo’l uribdi”.[8]
Uchinchidan: Ibn Abbos roziyallohu anhuning Qur’onni Qur’on va sunnat bilan umumlashgan raylari bilan tafsir qilishlariga misollar:
1. U kishidan Alloh taoloning: “to'g'ri yo'lga” (Fotiha surasi, 6-oyat) degan oyatini Islom dini deb tafsir qilganlar. Mana shu so’z Abdulloh ibn Abbos va Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhumolardan rivoyat qilingan.
2. Tabariy aytadilar: menga Musanno hadis aytib berdi, u aytadi: menga Abu Solih hadis aytib berdi, u aytadi: menga Muoviya Ali ibn Abu Tolhadan, u esa Abdulloh ibn Abbosdan hadis aytib berdi: Alloh taoloning: “Madori yetmaydiganlar zimmasida bir miskin kimsaning (bir kunlik) taomi fidyadir”. (Baqara surasi, 184-oyat) so’zini quyidagicha tafsir qiladilar: kimki ro’zani qiyinchilik bilan tutadigan bo’lsa, har kuniga bir miskinni taomlantiradi. Ularga homilador ayol, emizikli ayol, katta yoshli kishi va og’ir kasalligi bor odamlar kiradi.
3. Alloh taoloning: “Sizdan may (mast qiluvchi ichimlik) va qimor haqida so'raydilar. Ayting: “U ikkisida katta gunoh va odamlar uchun (ba'zi) foydalar bor. Ikkisining gunohi foydasidan kattaroqdir”. (Baqara surasi, 219-oyat) degan so’zini qilgan tafsirlari aqida quydagicha xabar vorid bo’lgan: Tabariy aytadi: Ali ibn Abu Dovud menga hadis aytib berdi. U aytadi: menga Abu Solih hadis aytib berdi. U aytadi: menga Muoviya Ali ibn Abu Tolhadan, u esa Abdulloh ibn Abbosdan hadis aytib berdi: qimor va mas qiluvchi ichimliklar. Odamlar johiliyat davrida moli va ahllarini tikib qimor o’ynar edilar. Agar raqiblari yutqazib qo’yadigan bo’lsalar, moli va ahlini olib ketar edi.
“U ikkisida katta gunoh (bor) – ya’ni uni ichgan odamning dinida kamchilik noqislik bo’ladi. odamlar uchun (ba'zi) foydalar bor – ya’ni agar ichadigan bo’lsa, u tuyadigan lazzat va shodlik nazarda tutilmoda.
4. Alloh taoloning: “Lekin, ularni moddiy jihatdan ta'minlang; boy ham, kambag'al ham o'z hollariga qarab (ta'minlasin)” (Baqara surasi, 236-oyat) degan so’zini quyidagiday tafsir qiladilar: Tabariy aytadilar: menga Musanno hadis aytib berdi, u aytadi: menga Abu Solih hadis aytib berdi, u aytadi: menga Muoviya Ali ibn Abu Tolhadan, u esa Abdulloh ibn Abbosdan hadis aytib berdi: “Lekin, ularni moddiy jihatdan ta'minlang; boy ham, kambag'al ham o'z hollariga qarab (ta'minlasin). Ezgulik qiluvchilarning bo’ynidagi burch (shudir)”. Mana shu gap uylangan, lekin ayolining mahrini tayinlamagan keyin nikoh qilmasdan oldin taloq qilgan erkak haqidagi oyat. Alloh taolo bunday holatda ayollarni ta’minlashda erkak kishining boyligi yoki kambag’alligiga qarab buyruq qilyapti. Agar badavlat bo’ladigan bo’lsa, bir xodim yoki shunga o’xshashi bilan, agar boy bo’lmasa, uchta kiyim bilan yoki shu kabi narsa bilan ta’minlashni buyirmoqda.
5. Alloh taoloning: “Ostidan anhorlar oqib turuvchi, xurmoyu uzumlaribor, turli xil mevalarimo'l bo'lgan bog'i bor odam o'zi keksayib, notavon (yosh) bolalari bilan qolgan paytida o'sha bog'ini olovli to'fon urib, yonib ketishini xohlaydimi?” (Baqara surasi, 266-oyat) so’zi haqida shunday naql vorid bo’lgan.
Sahihul Buxoriyda keltirilishicha, Umar roziyallohu anhu Rasulullohu sallollohu alayhi va sallamning sahobalaridan so’radilar: “Ostidan anhorlar oqib turuvchi, xurmoyu uzumlaribor, turli xil mevalarimo'l bo'lgan bog'i bor odam o'zi keksayib, notavon (yosh) bolalari bilan qolgan paytida o'sha bog'ini olovli to'fon urib, yonib ketishini xohlaydimi?” oyati nima borasida nozil bo’lgan deb o’ylaysizlar? Shunda ular javob qildilar: Alloh talo biluvchiroq. Bu gapni eshitgan Umar roziyallohu anhu g’azablanib ketdilar-da: oldin aytinglarchi, bilasizlarmi, yoki bilmaysizlarmi, dedilar. shunda Ibn Abbos roziyallohu anhu: Yo amirul mo’minin, menda shu savolingizga javob bo’ladigan nimadir borga o’xshaydi, dedilar. Umar roziyallohu anhu aytdilar: ey birodarimning bolasi, sen o’zingni hech ham haqir sanama. Ibn Abbos roziyallohu anhu dedilar: Alloh taolo bir amalga misol keltirmoqda. Umar roziyallohu anhu dedilar: qaysi amalga? Ibn Abbos roziyallohu anhu aytdilar: bir amalga. Umar roziyallohu anhu: bir boy kishiki, u avval Alloh taoloning toatida yurgan, so’ngra Alloh azza va jalla shaytonni yuboradi. U esa masiyatlarga berilib ketadi. Xatto, amallari uni o’z domiga g’arq qilib yuboradi.[9]
[1] Musnadi Imom Ahmad, 4/131.
[2] Ibn Kasir tafsiri, 1/467.
[3] Tafsiri Tabariy, 2/174. Ahmad Shokir Shokir tahqiqi va Hokimning “Mustadrak”I, 2/288. Bu haqida sahih degan. Zahabiy unga muvofiq qilgan.
[4] “Durrul Mansur”, Suyutiy. 2/129.
[5] Tafsiri Qurtubiy, 8/360.
[6] “Durrul Mansur”, Suyutiy. 2/117.
[7] Tafsiri Tabariy, 8/65.
[8] Ibn Kasir tafsiri, 2/484.
[9] Sahihul Buxoriy. Tafsir kitobi, 5/124.
Ahmadjanov Ibrohimjon
ta'lim muassasasi o'qituvchisi