
TAKASUR SURASI
Ushbu sura Makkada nozil bo‘lib, 8 oyatdan iborat. Uning nomi o‘zining birinchi oyatidagi «takaasur» so‘zidan olingan. «Takaasur» so‘zi «molu dunyo, mansab-martaba va bola-chaqaning ko‘pligi bilan faxrlanish» deganidir. Ushbu surada kishilar dunyoning o‘tkinchi matohini ko‘paytirishga o‘zlarini urishlari, ana shu ish bilan mashg‘ul bo‘lishni jonlari chiqquncha davom ettirishlari haqida gap ketadi.
Takaasur surasi nihoyatda keskin xitoblar ila odamlarni mazkur ishni qilmaslikka undaydi.
Boshqa tafsirlarda ikki qavm tortishib qolib, ulug'larini sanash maqtanishni boshlab, hattoki "qabrlarni ziyorat qilib " tirik odamlar qolib, yerda o'lib yotgan o'liklar bilan maqtanishgan ekan.
Shu jumladan , dunyo muhabbatini va ko'p faxrlanishni ham tark qilishdir. Endi qabrlarni ziyorat qilishga kelsak, odatda inson qabrni nima uchun ziyorat qiladi? Albatta qabrni o'limni eslash, tez fursatda unga kirishi va dunyo lazzatlarini kesish uchun va boshqa sabablar uchun ziyorat qiladi. Lekin ular faxr uchun ziyorat qilishdi va bu qabih amaldir.
Keying oyatda esa "yaqinda bilasizlar" da علم kalimasi bu dunyoda, keyin kelgani esa oxiratda bilasizlar! Endi nimani degan savolga biz " faxrlanishning yomon oqibatini" deb javob beramiz. Ya'ni jon chiqar paytda birinchi علم ga, qabrdagi esa ikkinchi ilm (علم )ga va uchinchisi esa tanbeh ma'nosida bo'lib, agar aniq ilm ila bilganingizda edi" keladi. Afsuski mol-dunyo, mansab, bola-chaqa,yor-u do'st masalasida kimo'zar ila o'lib, qabrlarni ziyorat qilguningungacha mashg'ul bo'ldilar. So'ng "Albatta, jahannamni ko'rasiz", ya'ni uni qandayligi, lovullab yonayotgan cho'g'i-yu undagi azoblovchi hayovonotni ko'radilar.
Imom Bayhaqiy Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda: Payg'ambarimiz sollollohu alayhi vasallam: "Sizlardan kimingiz har kuni ming oyat o'qiy oladi?" deb so'radilar. Sahobalar tomonidan: "Kim ham ming oyat o'qiy olardi" deyildi.Shunda Muhammad sollollohu alayhi va sallam: "Birortangiz ham "Alhakumut takasuru" ni o'qishga o'qishga qodir emasmisiz?" der ekanlar.Demak, shundan ma'lum bo'ladiki, bu surai karima ming oyatga barobar ekan.