Яратилиш санаси 06.03.2025

TAFSIR FANI MOHIYATI VA TAFSIR ULAMOLARI

Tafsir – arabcha so‘z bo‘lib, "tushuntirish", "izohlash" degan ma’nolarni anglatadi. Islom ilmlarida tafsir Qur’oni Karimning mazmuni va maqsadini ochib beruvchi ilm hisoblanadi. Ushbu fan payg‘ambarimiz Muhammad (sollalohu alayhi vasallam.) davrlaridan boshlab rivojlangan bo‘lib, sahobalar, tobe’inlar va islom olimlari tomonidan boyitilib kelgan.

Tafsir ilmi asosan quyidagi maqsadlarni o‘z ichiga oladi:

Qur’on oyatlarining ma’nolarini aniqlash.
Hukmlar va shariat asoslarini tushuntirish.
Payg‘ambarimiz (sollalohu alayhi vasallam) va sahobalarning Qur’on oyatlarini qanday tushunganliklarini bayon qilish.
Arab tili, tarix, fiqh va boshqa fanlar asosida oyatlarning izohlarini berish.

Tafsirning asosiy manbalari quyidagilardir:

Qur’oni Karim – tafsirning eng muhim manbasi.
Hadislar – Payg‘ambarimiz (sollalohu alayhi vasallam) Qur’onni qanday tushuntirganliklari haqida ma’lumot beruvchi hadislar.
Sahobalarning so‘zlari – ular Rasululloh (sollalohu alayhi vasallam) bilan bevosita muloqotda bo‘lishgan va oyatlarning ma’nolarini yaxshi bilishgan.
Arab tili va lug‘ati – Qur’on arab tilida nozil bo‘lgani sababli, uning so‘zlari va iboralari arab tili qoidalari asosida talqin qilinadi.
Mantiq va tafsir usullari – tafsirchilarning ilmiy yondashuvlari va metodlari.

Mashhur Tafsir Kitoblari
"Tafsir al-Jalalayn" – Jaloliddin al-Mahalliy va Jaloliddin as-Suyutiy tomonidan yozilgan.
"Tafsir at-Tabariy" – Imom at-Tabariy tomonidan yozilgan eng qadimgi tafsirlardan biri.
"Tafsir Ibn Kasir" – Ibn Kasir tomonidan yozilgan bo‘lib, Qur’on oyatlarini hadislar va sahobalar so‘zlari bilan sharhlaydi.
"Tafsir al-Qurtubiy" – fiqhiy tafsirlar orasida mashhur hisoblanadi.

Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkin ki quroni karimni tushunishligimizda tafsir fanining o'rni beqiyosdir va tafsir fanini qur'on karim oyatlarini ma'nolarini o'rganish va hayotimizga tatbiq eta olishimiz bugungi kunda xammamiz uchun lozimdir.


54-guruh talabasi Amadjonov Ma'murjon