Яратилиш санаси 12.03.2025

Qur’on o’qish foydalari

- Qur’on o’qigan kishi ulkan ajr va mukofotga erishadi.

- Qur’on o’qish qalblarga orom bag’ishlaydi. Alloh taolo aytadi “Darhaqiqat, Allohni zikri bilan qalblar orom topadi”(Ra’d surasi 28-oyat).

- Quron o’qigan inson Allohning huzurida yuksak martabaga erishadi. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Sizlarning eng yaxshilaringiz – Qur’onni o’rganib, boshqalarga ham o’rgatganidir” (Imom Buxoriy rivoyati).

- Qur’on inson hayotiga baraka olib keladi. Olimlarni aniqlashicha, doim Qur’on o’qiydigan odam ruhiy bezovtalikdan yuqori darajada himoyalanadi.

- Qur’on o’qish imunitetni kuchaytiradi.

- Qur’on o’qiydigan odam uchun yurak xastaligi begonadir.

- Mus’hafga qarab qur’on o’qish ko’zni ravshanlashtiradi.

- Xotirani mustahkamlaydi, miyya faoliyatini rivojlantiradi.

- Qur’on o’qigan kishi vasvasa, hadiksirash, behuda xavotirlanishdan yiroq bo’ladi.

Alloh taolo Isro surasi 82-oyatida aytadi: “Qur’onni mo’minlar uchun shifo va rahmat o’laroq nozil qilurmiz. U zolimlarga ziyondan boshqani ziyoda qilmas”.

Ismoilov Sharifjon

ta'lim muassasasi 56-guruh talabasi