
Jinlarning yashash joylari
Jinlar insonlardan xoli joylarni afzal ko‘radi. Ba’zilari tashlandiq va axlatxonalarda yashasa, ayrimlari esa insonlar bilan birga yashaydi.
Shu sababli Rasululloh sollallohu alayhi va sallam sahroga chiqib, jinlarni Allohga da’vat qilar, ularga Qur’on o‘qir va din ishlarini o‘rgatardilar. Bu hol ko‘p marta takrorlangani sahih hadislardan ma’lum. Jinlarni tashlandiq va axlatxonalarda yashashiga sabab, ular inson taomlarining chiqitlarini tanovul qiladi. Bu Imom Muslim: Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda o‘z isbotini topgan. Hofizning aytishicha Ibn Abu Dunyo kichik tobe’inlardan Yazid ibn Jobirdan quyidagi naqlni keltiriladi: “Qanday xonadon ahli bo‘lmasin, uylarining shiftida jinlar bo‘ladi. Agar taom keltirilsa, ular birga ovqatlanadi”. Shuningdek, jinlar xalo (xojatxona) joylarning ham o‘zlariga makon tutadi.
Zayd ibn Arqamdan rivoyat etilishicha, Rasululloh alayhissalom bunday dedilar: “Albatta,bu xalo (xojatxona) jinlar hozir bo‘ladigan joydir. Kimki xaloga kelsa: “Allohim shaytonlarning erkagu ayolidan panox tilayman”, desin”.
Bir vaqtlar men (ya’ni Vohid Abdusalom Boliy) musulmon jin bilan shunday suhbat qurgan edim:
– Sen xaloda yashaysanmi?
– Yo‘q.
– Aytishlaricha, jinlar xalo tashlandiq joylarda bo‘lar ekan.
– Ha. Lekin bu kofir jinlarning ishi, chunki ular najosat va iflos joylarni afzal ko‘rishadi.
– Bo‘lishi mumkin, bilishimcha kofir jinlar xushbo‘y narsa, xususan, mushkning xididan siqilishadi... Musulmon jinlar esa, musulmon insonlar kabi xushbo‘y hidlarni yaxshi ko‘rishadi.
Jinlar ko‘proq yoriq, xilvat joylar va chuqurlarda ham istiqomat qiladi.
Imom ibn Sarjisdan rivoyat qilgan ushbu hadis shunga dalolat qiladi: “Payg‘ambar alayhissalom Sizlardan biringiz chuqurga bavl qilmasin, dedilar. Odamlar hadisning roviysi Qatodadan: “Chuqurga bavl qilish nima uchun yomon ko‘riladi?” deb so‘rashdi. Qatoda ularga: “Aytishlaricha u jinlarning maskanidir”, deb javob berdi.
Shuningdek, jinlar tuyalar yotadigan joylarni ham o‘zlariga maskan tutishadi. Uning jinlar maskani to‘g‘risidagi hadis Muslimning Sahihi va boshqa bir qancha hadis kitoblarida kelgan.
Shayx Vohid Abdusalom Boliyning “As-Sorim Al-battor, fit-tasoddiy lis-saharotil ashror” kitobidan.
Yoqubjanov Abdurrashid
ta'lim muassasasi o'qituvchisi