
Mahmudxo‘ja Behbudiyning O‘zbekiston tarixidagi o‘rni
Jadidchilik harakati – XIX asr oxiri va XX asrboshlarida Markaziy Osiyoda yuzaga kelganma’rifatparvarlik va islohotchi harakat bo‘lib, uningasosiy maqsadi musulmon jamiyatini zamonaviy ilm-fan asosida rivojlantirish, mustamlakachilikka qarshima’naviy kurash olib borish edi. Mahmudxo‘jaBehbudiy bu harakatning eng ilg‘or va ta’sirlivakillaridan biri bo‘lib, jadid maktablarini ochish, zamonaviy matbuotni tashkil qilish va milliy uyg‘onishg‘oyalarini xalq orasida tarqatish orqali katta o‘rintutadi. U an’anaviy ta’lim tizimini tanqid qilar ekan, yangi usulda dars berish, dunyoviy fanlarni hamo‘rgatish zarurligini ta’kidlagan. 1903 yildaSamarqandda birinchi yangi usuldagi jadid maktabiniochgan. U maktablarda bekorga vaqt o‘tkazish, mazmunsiz darslar o‘rniga foydali fanlarni o‘qitish, o‘quv jarayonini takomillashtirish tarafdori bo‘lgan. Talabalarga inson huquqlari, vatanparvarlik, axloq, mehnatsevarlik kabi tushunchalarni singdirishgaahamiyat bergan. Ta’lim sohasidagi faoliyati orqali u ilmli, ongli, milliy qadriyatlarga sodiq yangi avlodnitarbiyalashni maqsad qilgan. "Taraqqiy" (1906–1907) va "Samarqand" (1913–1917) gazetalarini nashr etgan. Ushbu nashrlar orqali u jamiyatdagi ahvol, siyosiyo‘zgarishlar, ijtimoiy muammolarni keng yoritib, xalqni faollikka undagan. Maqolalarida u milliymustaqillik, madaniyat taraqqiyoti, ta’lim islohoti, ayollar huquqlari kabi mavzularni ko‘targan. Behbudiyning jurnalistik faoliyati Turkistonda axborottaraqqiyotiga zamin yaratgan. Mahmudxo‘ja BehbudiyO‘rta Osiyoda birinchi dramaturglardan biri bo‘lib, o‘zasarlari orqali xalq ongini uyg‘otishga harakat qilgan. "Padarkush" dramasi (1911) – jamiyatdagi jaholat, hirs, shaxsiy manfaat uchun hatto ota-onaga xiyonat qilishkabi yomon illatlarni tanqid qilgan. "Bobo" dramasidaesa, milliy o‘zlikni anglash, qadriyatlarni asrash vazamonaviy dunyoqarashni shakllantirish haqida fikryuritgan. U san’atni jamiyatni isloh qilishda tarbiyaviyqurol sifatida ko‘rgan. Behbudiy mustamlakachilikkaqarshi ma’naviy kurash tarafdori bo‘lib, Turkistonxalqlarining ijtimoiy-siyosiy ongini uyg‘otishgaintiladi. U Turkiston avtonomiyasi g‘oyasini qo‘llab-quvvatlab, o‘z xalqini siyosiy jihatdan ham mustaqilko‘rishni orzu qilgan.
Behbudiyning qarashlari o‘z davridagi o‘lkarahbarlari va mustamlaka ma’muriyatiga ma’qulkelmagan, shu boisdan u ta’qiblarga uchragan vanihoyatda 1919 yilda Qo‘qonda shahid qilingan. Uningmehnati va fidoiyligi natijasida O‘zbekistondazamonaviy ta’lim tizimi yuzaga keldi. Ma’rifat, axloqva milliy uyg‘onish g‘oyalari bilan Behbudiyintellektual rivojlanishga yo‘l ochdi. Behbudiyningg‘oyalari hozirda ham O‘zbekistondagima’rifatparvarlik an’analarining asosi hisoblanadi.Mahmudxo‘ja Behbudiy – nafaqat jadidchilikharakatining yetakchisi, balki butun Turkiston tarixiuchun milliy uyg‘onish ramzi, ilmiy va ma’rifiytaraqqiyotning asoschisidir. Uning hayoti va faoliyatihozirgi zamon yoshlari uchun ibrat namunasidir.
Arobbayev Elshodbek
Ta'lim muassasasi talabasi