Яратилиш санаси 08.05.2025

"Hidoya" o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasiga Turkiyaning Marmara universiteti doktoranti Abdulmajid Muhammad Hoshim al-Juzjoniy tashrif buyurdi

2025-yil 8-may kuni Turkiyadagi Marmara universiteti doktoranti Abdulmajid al-Juzjoniy ta’lim muassasasi o‘qituvchilari va talabalaribilan “Hanafiy mazhabi fiqhiy kitoblarida kelgan hadislar: Imom Marg‘inoniyning “Hidoya” kitobi misolida” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Unda O‘zekiston musulmoari idorasi  Namangan viloyati vakili M.Abbasitdinov, Namanan viloyati xokimi o‘rinbosari J.Xatamov, ta’lim muassasasi o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi. 

Tashrif munosabati bilan ta’lim muassasasimajlislar zalida mudarris va talabalarga “Hanafiy mazhabi fiqhiy kitoblarida kelgan hadislar: Imom Marg‘inoniyning “Hidoya” kitobi misolida" mavzusida ma’ruza qilib berdilar. Ma’ruzada asosan Hanafiy mazhabining ahkom hadislari borasida, alalxusus mazhabning asosiy asarlari bo‘lmish “Hidoya” haqida so‘z yuritildi. Bugun mazhablarni yoki mazhabboshilarni inkor qilayotgan “olim”lar bilan Payg‘ambarimiz alayhissalom davri orasidagi  hamda Ahli Sunna mazhablari asoschilari bilan asri saodatning orasidagi vaqt farqlari juda ham katta ekanligi, mazhabboshimiz sahobalardan keyingi avlod ekanligi jihatidan ahkom hadislaridagi sahihlik darajalari bugungidan ancha yaqin, qullay va ishonchli bo‘lganligi ma’ruza davomida ta’kidlandi. Tadbir yakunida,  talabalar tomonidan berilgansavollarga javoblar berdi va yig‘ilganlarning haqqiga duoyi xayrlar qildi."

Uchrashuvdan soʻng Abdulmajid al-Juzjoniy ta’lim muassasasi sinf xonalariga tashrif buyurib, madrasaning tarixi va talablarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda kitoblar ko‘rgazmasi bilan ham tanishdi.

"Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki Turkiyadagi Marmara universiteti doktoranti Abdulmajid al-Juzjoniy hozirgi kundagi ko‘zga ko‘ringan hanafiy ulamolaridan biri bo‘lib, Mahmud Afandi Kulliyasida va Turkiyani Marmara Unversitetida Hadisi Sharif hamda Hanafiy Fiqhidan Mudarris vazifasida faoliyat yuritib kelmoqdalar.

Ta'lim muassasasi Matbuot xizmati