Яратилиш санаси 24.05.2025

O‘zbekistonda vijdon erkinligi va diniy islohotlar targ‘iboti

Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har kim xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Diniy e'tiqod – insonning dinga bo’lgan munosabatini belgilashda qo’llaniladigan tushuncha. Diniy e’tiqod erkinligi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida mustahkamlangan. Unda quyidagi qoida bayon etilgan: Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega.

Vijdon erkinligi – ijtimoiy-falsafiy tushuncha. Har kimning oʻz eʼtiqodiga koʻra, mazkur jamiyatda mavjud ijtimoiy meʼyorlarni buzmagan holda vijdoni buyurgani boʻyicha yashash, ishlash imkoniyatiga ega. Bunda dinga munosabat masalaning bir tomoni hisoblanadi. Siyosiy jihatdan vijdon erkinligiga demokratiya koʻrinishlaridan biri sifatida qaraladi. Yuridik nuqtai nazardan vijdon erkinligi insonning asosiy shaxsiy huquqlari sirasiga kiradi.

 Hozirda yurtimizda diniy sohada ilg'or chora-tadbirlar llib borilmoqda.Bunga misol davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning e'tibori bilan yurtimiz musulmonlarini haj amallarini ado etish shart sharoitlari ham tubdan o'zgardi.Inson qadr-qimmatini ulug'lash borasida olib borilayotgan say-harakatlarning uzviy qismi, mihim bo'lagi deyish mumkin.Yoki O'zbekistonning diniy-ma'rifiy sohadagi muvaffaqiyati deyish mumkin.Shu haftada "HAJ 2025"  mavsumi hojilariga yetarli shart-sharoitlar yaratilib, muborak Makka shahriga yetib bordi. Hojilarning barchasi dilida quvonch, tilida shukr, ko'zlarida mamnunlik shundoqqina ko'rinib turibdi.Yana diyorimizda yangidan-yangi  masjidlar bino qilinyapti.Eskilari esa qaytadan rekonstruksiya qilinyapti.Bu juda quvonarli albatta!

                                  2-kurs 54-guruh talabasi

                                         Is'hoqov Abdulahad