Яратилиш санаси 27.05.2025

Kufa tafsir maktabi yirik namoyondalari

1. Ubayd ibn Nadla

Abu Muoviya al-Xizoiy. Siqa tobeinlardan. Qiroatni Abdulloh ibn Mas’udddan oladi. Alqama ibn Qaysga ham topshiradi. U kishidan esa Yahyo ibn Vassob, Humron ibn A’yan qiroatni rivoyat qilganlar. U zot Kufa ahlini o’z zamonlarida qiroat ustozi bo’lganlar. U kishidan Kisoiy qiroatni oladilar. Abdulloh ibn Mas’udning saralangan ashoblaridan bo’lganlar. 

Ibn Sa’d aytadi: Ubayda ibn Nadla Bishr ibn Marvon zamonida vafot etgan. Yetmish beshinchi yilga to’g’ri keladi. 

Muslim u kishidan o’z sahihlarida hadis rivoyat qiladilar.[1]

2. Alqama ibn Qays

Alqama ibn Qays ibn Abdulloh al-Naxaiy, al-Kufiydirlar. 

U kishi Rasululloh sallollohu alayhi va sallam hayotlik chog’larida tavallud topganlar. U kishi Umar, Usmon ibn Affon, Abdulloh ibn Mas’ud, va Ali ibn Abu Tolib Abu Dardo roziyalohu anhumlardan hadis eshitganlar. Abdulloh ibn Mas’udga Qur’onni tajvid bilan o’qib berganlar. U kishi Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhuning aslzoda ashoblaridan bo’lganlar. 

U kishi haqlarida ibn Mas’ud roziyallohu anhu shunday deydilar: nimaniki o’qimay, nimaniki, bilmay bularni Alqama biladi.

Qobus ibn Abu Zobyon aytadi: otamga dedim: “Sahobalarni qo’yib, alqamaning oldiga borishingga nima sabab bo’ldi?”. Shunda u javob berdi: “Men Rosululloh sallollohu alayhi va sallamning sahobalarini Alqamadan savol so’rayotganlarini, u esa ularga fatvo berayotganligini ko’rdim”. 

U kishi faqih, mohir imom, Qur’onni go’zal ovoz bilan qiroat qiluvchi hamda yaxshilik va taqvo egalaridan rivoyat qilingan narsalarda sobit turadigan kishi edilar. U kishi to’g’rilik, yumshoq muomala, fazilat va sifatlarda Abdulloh ibn Mas’udga o’xshar edilar. hijaratning oltmish ikkinchi yili vafot etdilar.[2]

3. Ubayda ibn Amr al-Salmoniy

U Ubayda ibn Amr al-Salmoniy al-Murodiy, al-Kufiy. Makka fathi kuni musulmon bo’lgan. Ali va ibn Mas’ud roziyallohu anhumolardan ilm olgan. U haqida Sha’biy aytadi: “Hukmda Shurayh bilan teng bo’lgan”. 

Ajliy aytadi: “Ubayda Abdulloh ibn Mas’udning qiroatda mohir bo’lgan va odamlarga fatvo beradigan ashoblaridan biri bo’lgan. 

Ibn Siyrin aytadi: uning ko’plab shogirdlaridan biri edi. U yetmish ikkinchi yili vafot etgan.[3]

4. Masruq

U Abu Oisha Masruq ibn Ajda’ al-Hamadoniy, al-Kufiy bo’lib, ulamolardan biridir. Otalari zamonasining Yaman ahli otliqlaridan bo’lganlar. 

U kishi Umar, Ali, Muoz, ibn Mas’ud va Ubay roziyallohu anhumlardan rivoyat qilganlar. 

U kishi haqlarida Sha’biy shunday deydilar: “U kishidan ko’ra ilmni ko’p izlovchi kishini ko’rmadim. Fatvo borasida Shurayhdan ham ustun edilar. Shurayh u kishi bilan maslahat qilar edi. 

U kishi haqlarida ibn Madiyniy shunday deydilar: “Abdullohning ashoblaridan hech kimni Masruqdan ilgari qo’ymayman”. 

Ibn Maiyn u kishi haqida shunday deydi: “U siqadir. U kabilar so’rab o’tirilmaydilar”. Hijratning oltmish uchinchi yili vafot etganlar.[4]

5. Omir al-Sha’biy

U Omir ibn Shurahbil al-Humayri al-Sha’biy Abu Amr al-Kufiydir. Umar xalifaligi davrida tug’ilganlar. Umar, Ali va Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhumlardan hadis rivoyat qilgan. Lekin ularning ichida eshitmagan. U kishi Abu Hurayra, Oisha, Ibn Abbos Jarir va boshqalardan hadis rivoyat qilganlar. Sha’biy mutqin va mustahkam hofiz hamda imom edilar. 

Aytar edilar: “Sahobalarning elliktasi bilan ko’rishdim”.

Asrdosh ulamolari u kishining ilmlari ko’pligi va maqomlari oliy ekanligi borasida shohidlik berganlar. 

Makhuldan rivoyat qilinadi: “Sha’biydan ko’ra ilmliroq kishini ko’rmadim”. 

Abu Bakr al-Hazliy aytadi: “Menga ibn Siyrin aytdi: “Sha’biyni lozim tut. Sahobalar ko’p bo’la turib undan fatvo so’ralayotganini ko’rganman. Ilmi va fazliga qaramasdan, Qur’oni Karim borasida ko’p qiynaladigan (xato qilishdan qo’rqadigan) kishi edi. u kishidan shunday rivoyat qilinadi: “Uch narsa borki toki o’lgunimcha u haqida gapirmayman: Qur’on, ruh va tush. U kishi aytar edi: “Allohga qasamki, biror oyat yo’qki, u haqida so’raganman. Lekin u Allohdan rivoyatdir.[5]

Ibn Maiyn va Abu Zar’a uni siqa deganlar. 

Yuz uchunchi yili vafot etganlar.[6]

[1] Qorilar tabaqasida nihoyaning oxiri”, ibn Jazariy, 1/498.

[2] Tazkirotul Huffaz, 1/48.

[3] Tazkirotul huffaz, 1/50.

[4] Tazkirotul huffaz, 1/49. Xulosati tazhibil kamol, 374.

[5] Tafsiri Tabariy, 1/818.

[6] Tazkirotul Huffaz, 1/79. Xulosati tazhibil kamol, 374.

Isoqjanov Muhammadibrohimjon

ta'lim muassasasi o'qituvchisi