TAʼVIL TUSHUNCHASI VA UNING QISMLARI
Taʼvil soʻzi, lugʻatda qaytish maʼnosini anglatadi. Istilohda esa, bir lafzning maʼnosini qaytarishdir. Oʻki, lafzning maʼnosini kuchli maʼnodan, kuchsiz maʼnoga qaytarishdir. Agar oʻsha qaytarish dalil va isbot bilan boʻlsa, taʼvil toʻgʻri boʻladi. Dalil va isbotsiz boʻlsa, buzuq taʼvil boʻladi.
Allohning kitobi va Uning rasulining sunnatida taʼvil tushunchasi: Kalomni qaytariladigan haqiqatga, taʼvil deyiladi. Xabarning taʼvili-berilgan xabarning ayni oʻzidir. Amrning taʼvili-buyurilgan ishning oʻzidir. Bu xuddi Oysha roziyallohu anhudan qilingan quyidagi maʼnoga oʻxshaydi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam rukuʼlarida «Subhanakallohumma va bihamdika, Allohumma igʻfir li” – der edilar. Qurʼonni taʼvil qilar edilar». Yaʼni, Qurʼonda qilingan amrni bajarar edilar.
“Ular uning taʼvilidan boshqa narsani kutmayaptilar. Uning taʼvili kelgan kunda, bundan oldin uni unitganlar: «Batahqiq, Robbimizning paygʻambarlari haq ila kelgan edilar”, derlar». (Aʼrof surasi, 53)
Yaʼni: Allohning kalomining haqiqati va taʼsdigʻi kelgan kunda, deganidir.
Mufassirlar kalomidagi taʼvil tushunchasi:
U kalomni tafsir qilish, toʻgʻri keladimi-yoʻqmi baribir maʼnosini bayon qilishdir. Bu maʼruf istilohdir. Bu taʼvil, xuddi tafsirga oʻxshab toʻgʻrisi maqtaladi, botili yomonlanadi.
Mutaaxxir faqih va mutakallimlar istilohdagi taʼvil tushunchasi:
Lafzni kuchli ehtimoldan, kuchsiz ehtimolga burishdir. Bu esa, kuchli dalolat yuzasidan qilinadi. Ammo uning haqida nizo boʻladi. U ikki qimsdan iborat boʻladi. Sahih va fosid.
Sahih taʼvil, Qurʼon va Sunnat taʼlimotlar dalolat qilgan maʼnolarga muvofiq boʻladi.
Fosid taʼvil esa, unga xilof boʻladi.
Imom Tahoviy rohimahullohning: “Kim (Alloh sifatlarini) manfiy qilish va oʻxshatishdan saqlanmasa, toyadi va poklashga erisha olmaydi”, degani, kim taʼvil yoʻli bilan yoki boshqa yoʻl bilan Alloh taoloning sifatlarini manfiy-salbiy qilishdan saqlanmasa, shuningdek, Allohning sifatlarini Uning maxluqlari sifatiga oʻxshatishdan saqlamasa, haqdan toygan boʻladi va hech qachon poklanishga erisha olmaydi, deganidir. Bu moʻtaziliylarga va koʻrish masalasida ular bilan hamfikr boʻlganlarga raddiyadir. Shuningdek, Allohni Uning maxluqotlaridan biror narsaga oʻzshatadiganlarga raddiyadir.
Allohni Uning maxluqotlariga oʻxshatish kufr ekaniga dalil:
“Unga oʻxshash yoʻqdir” (Shoʻro surasi, 11) degan oyatdir. Alloh taoloning: “U zot oʻta eshituvchidir, oʻta koʻruvchidir” (Shoʻro surasi, 11) degan soʻzi esa, sobit sifatlarni manfiy qilish ham kufr ekaniga dalildir.
Mahmudov Kalimulloh
ta'lim muassasasi o'qituvchisi