
Fiqhiy qoida 1-qism
"و ما ليس بحدث ليس بنجس"
Hadas yaʼni tahoratni sindirmaydigan narsa najas bo‘lmaydi»
Qoidaning sharhi:
Imom Kasoniy rohimahulloh aytadilar:
Hadas (tahoratni sindiruvchi narsa) ikki xil bo‘ladi: haqiqiy va hukmiy.
1. Haqiqiy hadas:
Bu tirik inson tanasidan najosatni chiqishi boʻlib, ikki yo‘ldan odatiy yoki noodatiy narsa boʻladimi,
yoki boshqa joydan chiqqanmi, baribir bu haqiqiy hadas hisoblanadi.
2. Hukmiy hadas ham ikki xil:
Birinchisi: bir narsa bo‘lib, u ko‘pincha haqiqiy najas chiqishiga sabab bo‘lsa, shariat bu sababni ehtiyotlik uchun o‘sha najasning o‘rniga qo‘yadi.
Masalan:
yonboshlab uxlash,hushni yo‘qotish,
tentaklik va boshqalar.
Ikkinchisi: yuqoridagilarning hech biri bo‘lmasa ham, shariat buni hadas deb belgilaydi.
Masalan: namozda ovoz chiqarib kulish.
Ulamolar shunday deyishadi:
Najasat ikki turga bo‘linadi:
Og‘ir najosat (غليظة).Yengil najosat (خفيفة).
Imom Abu Hanifa rohimahulloh nazdlarida:
Og‘ir najasot- bu shariatda najosatligi aniq bo‘lgan narsa bo‘lib, unga boshqa nass qarshi (muaroza)bo‘lmaydi.
Yengil najosat bu shariatda uning najasatligiga hamda pok ekanligiga oid nasslar (dalillar) boʻlib bir-biriga qarama-qarshi bo‘lishi bilan sobit boʻladi.
2. Imom Abu Yusuf va Imom Muhammad rohimahulloh nazdlarida esa:
Og‘ir najosat barcha ulamolar bu masalada ittifoq qilish shunda sobit boʻladi.
Yengil najosat esa: bu masalada ulamolar uning najosat va pok ekanligi borasida ixtilof qilishlari bilat sobit boʻladi.
Yuqoridagi qoidaning dalili:
"قُل لَّا أَجِدُ فِي مَا أُوحِيَ إِلَيَّ مُحَرَّمًا عَلَىٰ طَاعِمٍ يَطْعَمُهُ إِلَّا أَن يَكُونَ مَيْتَةً أَوْ دَمًا مَّسْفُوحًا"
Alloh taolo aytadi: «(Ey Muhammad,) ayting: Vahi qilinayotgan narsalarda yeyuvchiga harom bo‘lgan hech narsani topmayman, faqat u o‘lik go‘sht yoki oqar qon bo‘lsa...» (An’om surasi, 145-oyat).
Bu oyatdan shu marsa tushuniladiki:
Qon agar oquvchu bo‘lmasa, u harom emas. Shuning uchun u najas emas.
Bunda qon yeyiladigan hayvonniki bo‘lsin yoki yeyilmaydigan hayvonniki bo‘lsin farqi yoʻq.
Jarohatda koʻringan va oquvchi bo‘lmagan qon – oqar qon emas, shuning uchun u najas emas.
Qoidaning misollari
1. Imom Marg‘inoniy rahmatullohi alayh aytdilar:
Oz miqdordagi qusish va oʻquvchi boʻlmagan qon – najosat emas, chunki bu hadas hisoblanmaydi.
1 Agar odamning kiyimiga oquvchi bo‘lmagan qon yoki ozgina qusish bir dirham miqdoridan ortiq tegsa ham, bu najas bo‘lmaydi, va bu kiyim bilan namoz o‘qish joiz.
2. Agar kimdir oquvchi bo‘lmagan qon yoki ozgina qusiqni paxtaga olib, suvga tashlasa, suv najas bo‘lmaydi.
Ismoilov Akramxon
ta'lim muassasasi o'qituvchisi