
Qur’on mufassiri Ubay ibn Ka’b roziyallohu anhu
U Ubay ibn Ka’b ibn Qays ibn Ubayd al-Ansoriy al-Xazrajiy bo’lib, Bani Najjor qabilasidan bo’lgan. Onalari Suhayla bintu Asvad bo’lib, u kishi ham Bani Najjor qabilasidan bo’lganlar.
Abu Munzir deb kunyalanganlar. Bo’ylari kichik inson bo’lganlar. Juda qisqa ham uzun ham bo’lmaganlar. Oriq kishi edilar. Yuzlari oqargan holsiz ko’rinar, sochlariga oq oralagan edi. Soqolidagi oqlari qoralariga nisbataban ko’p edi. U kishi sochlaridagi oqlikni hech o’zgartiemas edilar.[1]
U kishi roziyallohu anhu eski uyda turar, kiyim va ko’rinishlarida ham eskilikni ma’qul ko’rar edilar. Nafslarini ortiqcha xojatlardan asrar, dunyo va uning matolaridan yuz o’girgan va oxiratga yuzlangan juda zohid kishi bo’lganlar.
Zarr ibn Hubaysh aytadilar: Ubay ibn Ka’b biro z qo’polroq odam edi. Unga men: “Ey Abu Munzir, bir oz muloyim bo’lsangchi. Sendan foyda olar edim”, dedim.[2]
Masruq aytadi: Ubay ibn Ka’bdan bir mas’ala haqida so’radim. U: “Ey birodrimning bolasi, u mana bumi”, dedi. Men: “Yo’q”, dedim. Bo’lgunicha bizni bezgak tutdi. Agar ijtihodimiz senga naf keltirsa, unda fikr bildiramiz”, dedi.[3]
Mana shu narsaning o’zi shunga dalolat qiladiki, Ubay ibn Ka’b turli xil faraziy va vaqtni mashg’ul qilib qo’yadigan voqea-hodisalarni yoqtirmaganlar. Ongli ijtihodli ummat undayin dabdabali fikrlarga moyil bo’lmaydi. Va bu bilan bizga sahoba roziyallohu anhumlar davrida hadisning tafsirdagi o’rni va Alloh taoloning: “Ey, imon keltirganlar! Sizlarga (javobi) ayon qilinsa, sizlarga xush kelmaydigan narsalar haqida (savol) so'ramangizlar!”, (Moida surasi, 101-oyat) so’zidagi savoldan qaytarilgani borasidagi hikmatga ishora qiladi.[4]
Utayya ibn Zomrodan rivoyat qilinadi: Ubay ibn Ka’bga dedim: “Siz Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning ashoblariga nima bo’lganki, biz sizlrning oldingizga uzoqdan biror rivoyat o’rganamiz deb kelsagu, sizlar bizni o’zingizdan to’sgandek qilib, ishimizni yengil ko’rasiz?” Shunda u: “Allohga qasamki, Allohga qasamki, agar mana shu Juma kuniga qadar yashasam, albatta, o’sha kuni e’tiborga molik bo’lmagan, ular mendan shu so’z sababli uyaladigan yoki qatl qiladigan bir so’z aytaman”, dedi.
Juma kuni bo’lganda men Madinaga bordim. Odamlar bir-birlarining yo’llarida qo’zg’alib ketganlarini ko’rdim. So’ngra so’radim: “Mana bu odamlarga nima bo’ldi?” Ba’zilari dedilar: “Sen shu yurtdanmisan?” Men: “Yo’q”, dedim. Aytdi: “Bugun musulmonlarning sayyidi Ubay ibn Ka’b vafot etdi”, dedilar.[5]
[1] Toboqotul Kubro, ibn Sa’d. 3/498.
[2] Toboqotul Kubro, ibn Sa’d. 3/498.
[3] Toboqotul Kubro, ibn Sa’d. 3/500.
[4] Toboqotul Kubro, ibn Sa’d. 27-bet.
[5]Toboqotul Kubro, ibn Sa’d. 3/501.
Isoqjanov Muhammadibrohimjon
ta'lim muassasasi o'qituvchisi