Яратилиш санаси 28.05.2025

Fiqhiy qoida 2-qism

"أن للأكثر حكم الكل"
Yaʼni koʻp qismga butunning hukmi beriladi.

Qoidaning sharhi

Hanafiy ulamolari shunday deyishadi: agar bir narsa ko‘p qismi mavjud bo‘lsa, bu holat uning barcha qismi mavjud bo‘lishiga teng bo‘ladi. Agar ko‘p qismi yo‘q bo‘lsa, bu uning butunlay yo‘q bo‘lishi o‘rnida hisoblanadi.

Bu qoida va shu ma’nodagi boshqa qoidalar bitta ma’noni bildiradi, ya’ni: hukm bir nechta narsaga bog‘liq bo‘lsa va bu narsalarning ko‘p qismi topilsa, hukm butun narsaga tatbiq qilinadi. Va hukmda oz qismi yo‘q bo‘lishi zarar qilmaydi.

Aslida bu umumiy qoida emas, balki agʻlabiyyat (yaʼni koʻp holda shunday boʻladi)ga asoslangan qoida, chunki ba’zi ishlar to‘liq bo‘lmaguncha e’tibor qilinmaydi, va agar ko‘p qismi topilgan bo‘lsa ham, to‘g‘ri bo‘lmaydi. Masalan:Namoz ,Tahorat,Namozda Fotiha surasini to‘liq o‘qish.Manashu amallar toʻliq bajarilsagina toʻgʻri boʻladi. Koʻpini bajarish bilan ado topmaydi.
Endi yuqoridagi qoidaga oid misollar bilan tanishamiz:

1. Imom Marg‘inoniy rahmatullohi alayh aytdilar:

Ba’zi hanafiy ulamolari boshning old qismi (ناصية)ni uch barmoq miqdorida belgilaganlar,  chunki bu mas'h qilish asbobi boʻlmish qoʻlning (qo‘lning)ko‘pchilik qismini tashkil qiladi.

2. Halol so‘yishning shartlari:Tomirlar (qon yo‘li),Nafas yo‘li (halqum),ovqat yo‘li (qizilo‘ngach) kesilishi lozim.

Agar so‘yuvi bu uchtasini kessa, yoki har biridan ko‘p qismi kesilsa, go‘sht halol bo‘ladi.

3. Musulmonlarning bozorlari:

Bu bozorlarda ba’zan harom, o‘g‘irlangan yoki zo‘rlik bilan olingan narsalar bo‘lishi mumkin.

Shunga qaramay, bu bozorlardan foydalanish va savdo qilish joiz, chunki ko‘p qismi halol bo‘ladi.

Kichik miqdordagi haromdan saqlanish qiyin bo‘lgani uchun, u e’tiborga olinmaydi va bu qiyinchilikni bartaraf etish uchun ruxsat berilgan.

4. Hanafiy mazhabi ulamolari nazdida agar bir kishi tavofda besh yoki olti aylanish qilsa, bu tavofi to‘g‘ri hisoblanadi , chunki bu tavofning  ko‘p qismini bajardi shu sabab  butunning hukmi beriladi.

Ismoilov Akramxon

ta'lim muassasasi o'qituvchisi