Яратилиш санаси 30.05.2025

Jin va sehrdan yaxshi himoya

Vohid Abdussalom Boliy hikoya qiladi: Bir kuni bir er-xotinni o‘qiyotgan edim. Shunda jin tilga kirib: "chiqmayman" deb turib oldi. 

 Men: "chiqasan" dedim. 

 - chiqmayman. 

 - chiqasan, hozir Qur’on o‘qiyman, toki kuyib ketasan. 

 - xo‘p, chiqaman, faqat bitta shartim bor. 

 - nima shart? 

 - shartim shuki, bundan chiqib, senga kiraman.

 - roziman, kir, kiraver! 

 Shu payt jin yig‘lab yubordi. 

 - nimaga yig‘layapsan? 

 - bugun kechgacha senga hech bir jin kirolmas ekan. 

 - Nima sababdan? 

 - chunki bugun sen bomdod namozidan keyin "la ilaha illallohu vahdahu laa shariyka lah. Lahul mulku va lahul hamdu va huva ’ala kulli shay'in qodiyr" kalimasini 100-marta o‘qigan ekansan. 

 - Rasululloh sollallohu alayhi va sallam to‘g‘ri aytgan ekanlar. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim «Laa ilaaha illallohu vahdahu laa shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu va huva ’ala kulli shay`in qodiyr”, deb bir kunda yuz marta aytsa, o‘nta qul ozod qilgan barobarida bo‘libdi. Unga yuzta hasanot yozilib, yuzta yomonligi o‘chiriladi, kech kirgunicha shaytondan omonda bo‘ladi. Uning bu amalidan afzalroq ishni hech kim qila olmaydi. Faqat shu kalimalarni ko‘proq aytgan kishi o‘zib ketishi mumkin”, dedilar. (Buxoriy va Muslim rivoyati).

Yoqubjanov Abdurashid 

ta'lim muassasasi o'qituvchisi