Яратилиш санаси 01.06.2025

Farzandlar ta’limi va tarbiyasi – jamiyat taraqqiyotining asosi

Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘zbekistonda bolalar huquqlari va ularni himoya qilish borasida olib borilayotgan islohotlar, davlat siyosati. Xususan, 1-iyun – Xalqaro bolalar kuni munosabati bilan bolalarning sog‘lom va baxtli ulg‘ayishini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar tahlil qilinadi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning bolalarga nisbatan mehr-muhabbatlari,muqaddas dinimizning bolar huquqini himaya qilishi o‘rganiladi.

Kirish

Bugungi globallashuv davrida har bir davlat kelajagini farzandlari timsolida tasavvur etadi. Shu bois O‘zbekistonda bolalarning huquqlarini himoya qilish, ularni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. 1-iyun – Xalqaro bolalar kuni arafasida mamlakat bo‘ylab turli bayramlar, tibbiy ko‘riklar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishi bolalarga nisbatan mehr-oqibat, e’tibor va g‘amxo‘rlikning yorqin namunasi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida:

"Har kim bilim olish huquqiga ega. Davlat bepul umumiy ta’limni kafolatlaydi."

43-moddasida esa:

"Har kim malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega. Davlat aholining sog‘lig‘ini saqlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha choralarni ko‘radi."

Bu normalar orqali davlat har bir bola uchun bepul ta’lim va bepul tibbiy yordamni ta’minlash majburiyatini olgan. Misol uchun, 2024-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 10 mingdan ortiq maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat yuritmoqda, ularga qamrov 70% dan oshgan. Shuningdek, maktab yoshidagi bolalar uchun 10 mingdan ortiq umumta’lim maktablari faoliyat ko‘rsatmoqda. Sog‘liqni saqlash sohasida esa 2023-yilda 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 95 foizlik doimiy tibbiy nazorat ta’minlangan.

Bularning barchasi sog‘lom ona va bola tamoyiliga asoslangan davlat siyosatining amaliy ifodasidir.

2. Muqaddas dinimizda bolalarga e'tibor

Avvalo, Islom dinida farzand tarbiyasiga berilgan e’tiborni ta’kidlash lozim. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam bunday deganlar:

«تَزَوَّجُوا الْوَدُودَ الْوَلُودَ فَإِنِّي مُكَاثِرٌ بِكُمُ الْأُمَمَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ»

“Mehribon va ko‘p farzand tug‘adigan ayollarga uylaninglar. Chunki men qiyomat kuni sizlarning ko‘pligingiz bilan faxrlanaman.” (Abu Dovud, Nikoh kitobi)

Bu hadis farzandni nafaqat jismoniy, balki ma’naviy barkamol qilib tarbiyalash zarurligiga dalildir. Farzand – bu musulmon jamiyatining tayanchi, ummat davomchilari demakdir.

Islom dini, ayniqsa, jaholat davrida bolalarga bo‘lgan zulm – ochlik, qashshoqlik yoki nomusdan qo‘rqib, ularni tiriklay ko‘mish illatini qat’iyan qoralagan. Bu haqida Qur’oni Karimda bunday deyilgan:

وَإِذَا ٱلۡمَوۡءُودَةُ سُئِلَتۡ ٨ بِأَيِّ ذَنۢبٖ قُتِلَتۡ ٩

"Tiriklay ko‘milgan qizcha so‘raladi: Qanday gunoh bilan o‘ldirilding?"

(at-Takvīr, 8–9-oyatlar)

Shuningdek, Qur’onda ota-onalarga mana bunday ogohlantirish bor:

وَلَا تَقۡتُلُوٓاْ أَوۡلَـٰدَكُمۡ خَشۡيَةَ إِمۡلَـٰقٖۖ نَّحۡنُ نَرۡزُقُهُمۡ وَإِيَّاكُمۡۚ

"Faqirlikdan qo‘rqib farzandlaringizni o‘ldirmang. Biz ularni ham, sizlarni ham rizq bilan ta’minlaymiz."

(al-Isrā, 31)

Yosh bolalar va Nuroniylarga g'amxo'rlikning fazilati borasida shunday deyiladi:

«إِنَّمَا يُنْصَرُ النَّاسُ بِضُعَفَائِهِمْ»

“Odamlarga zaiflari sababli nusrat beriladi.”

(Imom Buxoriy va Muslim)

Xulosa

Yurtimizda bolalar salomatligi, ta’lim-tarbiyasi va baxtli hayotini ta’minlash uchun zarur sharoitlarni yaratmoqda. Muqaddas dinimizda Robbimiz haq subhanahu va taaloning habibimiz alayhissalom orqali biz ummatni  ma'nan va jismonan sog'lom, o'z yurtini sevuvchi, bu ummatning koriga yarashlikni oliy burch deb biluvchi farzand tarbiyalashga buyurishi esa bu jarayonda ruhiy-ma’naviy asos vazifasini o‘tab kelmoqda. Bugungi kun yoshlari sog‘lom, aqlan yetuk va ma’naviyatli bo‘lishi uchun bu ikki asosni uyg‘unlashtirish muhimdir.

Ubaydullayev Qobiljon

Ta'lim muassasasi 54-guruh talabasi