
Moda va urf-odat: Hamma narsa trendga ergashishmi?
Kirish
Zamonaviy dunyo tobora o‘zgarib bormoqda. Yangi texnologiyalar, globalizatsiya va ijtimoiy tarmoqlar orqali har kuni bizga yangi urf-odatlar, modalar, “trend”lartaqdim etilmoqda. Ayniqsa, yoshlar orasida “moda” so‘zining obro‘si juda baland: kiyinish, soch turmagi, telefondagi dasturlar, hatto gapirish ohangi ham trendga qarab o‘zgaradi. Ammo savol tug‘iladi: har bir moda yoki trendga ko‘z yummasdan ergashish to‘g‘rimi? Mazkur maqolada biz moda va urf-odatlar o‘rtasidagi farq, trendlarga ergashishning ijtimoiy va diniy oqibatlari hamda bunday jarayonda muvozanatni qanday saqlash mumkinligi haqida tahlil yuritamiz.
Moda — bu jamiyatda ma’lum davrda ommalashgan kiyinish, muomala qilish, hatto fikrlash tarzidir. Aslida moda o‘z-o‘zicha yomon emas: inson jamiyatda yashar ekan, o‘zini ifoda etishga, yangilikka intilishga haqli. Ammo muammo shundaki, moda ko‘pincha ma’naviyat va madaniyat bilan emas, ko‘r-ko‘rona taqlid va omma fikriga bog‘lanib qoladi. Moda - bu bir necha mavsum davomida saqlanadigan estetik va madaniy urf-odat.
Trend — bu jamiyatda yoki biror sohada muayyan davr ichida keng tarqalgan, ommalashgan yo‘nalish, uslub yoki odat degan ma’noni anglatadi.Trend — bu bugunmashhur, ammo ertaga unutilishi mumkin.Trend – bushovqinli, tez chiqib, tez ketadigan to‘lqin.
Har bir trend moda bo‘lishi mumkin, lekin har bir moda trend emas.
Moda va urf-odat o‘rtasidagi tafovut
Moda — bu ko‘proq zamon va omma ta’siri ostidagi o‘zgaruvchan kiyinish, tutum va uslublar yig‘indisidir. Urf-odat esa — muayyan jamiyatda tarixiy va madaniy jihatdan shakllangan qadriyatlar va an’analar majmuasi bo‘lib, bu avloddan avlodga o‘tib keladi. Shu sababli, urf-odatlar millatni shakllantiradi, moda esa ko‘pincha ommaviylik orqali bir yo‘nalishga yo‘naltiradi. Aynanshu nuqtada mas’uliyat paydo bo‘ladi: biz modaga ergasharkanmiz, o‘zligimizni yo‘qotmasligimiz zarur.
Islomiy nuqtayi nazar: Moda halol va ma’naviy bo‘lishi kerak
Keling biz asosan libos mavzusi haqida gaplashsak. Libos insonning terisini ko‘rsatadigan darajada yupqa va shaffof bo‘lmasligi, tor bo‘lmasligi, erkak kishi kiyinishda o‘zini ayollarga o‘xshatib olmasligi yoki aksincha, ayol erkakcha kiyinmasligi kabilar kiyinishdagi islomiy ta’limotlardandir. Imom Buxoriy o‘zlarining«Sahih» to‘plamlarida Abdulloh ibn Abbos (raziyallohu anhumo)dan rivoyat qilgan hadisi sharifda shunday deyiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam(kiyinishda) o‘zini ayollarga o‘xshatadigan erkaklarni va erkaklarga o‘xshab kiyinadigan ayollarni la'natladilar».
Kiyinish borasida nafaqat qizlarimiz balki yigitlarimizham tobora “zamonaviylashib” borishyapti. Har xil bemani yozuv va rasmlar tushirilgan futbolka, kalta shim va shippaklarda ko‘chani to‘ldirib yurishgani ayni haqiqat. Sigaret chekayotgan odamning surati tushirilgan yoki skelet rasmi solingan futbolkalarni kiyishgaishtiyoqmand o‘zbek yigitlarimizning bu ishlario‘zbekona madaniyatimizga to‘g‘ri kelmasligini anglayolishmayapti.
Kiyimdagi hunuk rasm va yozuvlar – moda niqobidagiaxloqiy tahdid
Zamonaviy kiyim-kechaklarda ko‘plab rasm va yozuvlaruchramoqda: boshqalar nazarida “oddiy dizayn” bo‘lishimumkin bo‘lgan bu belgilar aslida insonning ichkidunyosiga va jamiyat ruhiyatiga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Ayniqsa, quyidagi toifadagi kiyimlar xavfli hisoblanadi:
1. Axloqiy me’yorlarga zid bo‘lgan rasmlar:
• Yarimyalang‘och yoki fohishalikni targ‘ib qiluvchiobrazlar;
• Qonli, zo‘ravonlikka undovchi, jinoyatchilikniideallashtiruvchi grafikalar (masalan: pichoq, to‘pponcha, shayton obrazi);
• G‘arb pop madaniyati yulduzlarining nomaqbulholatdagi tasvirlari.
2. Mazmuni noma’lum yoki kufrga yaqin yozuvlar:
• Ba’zilar modani deb, ingliz tilida nima yozilganinibilmagan holda kiyinadilar. Holbuki, bu yozuvlarda:
• Fohishalik, ichkilikbozlik, o‘lim, buzuqlikni targ‘ibqiluvchi so‘zlar bo‘lishi mumkin. Masalan: “Born to sin” (Gunoh uchun tug‘ilganman), “666”(Shaytonsoni(G’arbda bu iblis raqami)), “Hell boy”(Do’zaxbolasi), “No rules”(hech qanday qoida yo’q), “Trust no one”(hech kimga ishonma) kabi yozuvlar.
Bu so‘zlar nafaqat axloqiy me’yorlarga zid, balkiba’zilari diniy jihatdan kufr ifodalarini ham o‘z ichigaoladi.
3. Shaytoniy yoki bid’atga oid belgilar:
• Pentagramma, ko‘z belgilari, jinlar yoki sehrga oidramzlar;
• G‘arblik rok guruhlarining iblisparastlik bilan bog‘liqlogotiplari.
Islomda bunday kiyimlar haqida nima deyilgan?
Alloh taolo Arof surasi 26-oyatda shunday marhamatqiladi:
“Ey, Odam bolalari,batahqiq, sizlarga avratingiznito’sadigan libos va ziynat libosini nozil qildik.Taqvolibosi, ana o’sha yaxshidir. Ana o’shalar Allohning oyat- belgilaridandir. Shoyadki eslasalar.”
Hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim o‘zini bir qavmga o‘xshatsa, bas, u o‘sha qavmdandir”, deganlar (Imom Abu Dovud rivoyati).
Bu hadis shuni bildiradiki, inson nima kiyinishi, qandaybelgilarni tanlashi bilan qaysi madaniyat va qadriyatgamansubligini bildiradi. Agar kiyimimizda shaytoniy yokiaxloqsiz yozuvlar bo‘lsa, bu befarq holat emas.
Demak, musulmon chiroyli, ozoda, zamon talabiga moskiyinishi mumkin. Biroq bu go‘zallik halollik va ixlosbilan bo‘lishi shart. Kiyim haddan tashqari ochiq, insonnikibr va riyoga boshlovchi yoki boshqalarni maqtovigaloyiq bo‘lish uchun tanlansa - bu Islomiy axloqqa zidhisoblanadi.
Fuzayl ibn Iyoz rohmatullohi alayh aytganidek:“Odamlaruchun amal qilish -shirk, odamlar uchun tark etish - riyo, ixlos esa bu ikki xatardan saqlaydi.”
Yechim: Modani tozalash – madaniyatni tiklash
1. Ota-onalar va ustozlar yoshlarni kiyim tanlashmadaniyatiga o‘rgatishlari zarur. Har bir yozuvni, har birrasmni anglab kiyish odatini shakllantirish kerak.
2. Dizayner va tikuvchilar milliy g‘oya asosida, pokiza, o‘ziga xos zamonaviy liboslar yaratishi kerak.
3. Yoshlar esa modaga emas, mazmunga ergashishnio‘rganishlari kerak.
Shunchaki “chiroyli ko‘rinar” deb o‘ylab tanlanganbirgina futbolka, aslida ruhiyatsizlikni, itoatsizlikni, hattobid’atni targ‘ib qilayotgan bo‘lishi mumkin.
Xulosa
Moda – bu hayotiy zarurat, lekin u hech qachon maqsadbo‘lib qolmasligi kerak. Inson modaga ergashar ekan:
• o‘z ma’naviy mezonlarini yo‘qotmasligi,
• diniy halollik va poklikni unutmasligi,
• va eng asosiysi, milliy o‘zligidan voz kechmasligikerak.
Modaga emas, diningizga ergashing, trendga emas, e’tiqodingizga tayaning.
Qo‘shimcha manbalar:
1. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, “TafsiriHilol”,
2. Islom.uz maqolasi: “Kiyimdagi belgilarning ma’nosi”, 2022
4.Muslim.uz
“Hidoya” o’rta maxsus ta’lim muassasasi
54-guruh talabasi Sattorov Ma’rufjon