Яратилиш санаси 25.06.2025

Sahoba roziyallohu anhumlar davridagi tafsir qilishdagi alohida xususiyatlar

1. Har turli chigalliklar va xilofliklaedan uzoq bo’lganligi uchun tafsir qilishdagi yengillik bo’lgani. Ko’pincha g’arib kalimalarni sharhlashga cheklanilib, oyatdan chiqadigan hukmni aytilgan. Yoki sababi nuzuli aytilar yoki oyatning qisqacha mazmuni aytilgan xolos. 

2. Tafsir qilish jamiki oyatlarni qamrab olmagan. Balki, u borasida savol tug’ilib qolgan oyatlar haqida, xususan, ahkom oyatlari borasida cheklangan xolos. 

3. Tafsir bu davrda og’zaki, bo’lib qayd qilinmas edi. Agar biror kishi yozayotgan bo’lsa, unda bu uning o’ziga xos ish bo’lgan. Kitobat qilish esa zohir, umumiy holatda bo’lmagan. 

4. bu davrdagi tafsir isroiliyotlardan holi bo’lgan. Chunki katta sahobalar tafsirga qaytganlar. Bu makonda ahli kitoblarning nuqtayi nazarining yoyilishiga imkon bo’lmagan. 

5. Mana shu bosqichda tafsir rivoyatlari navli bo’lmaganligi. Bu davrda fiqhiy hukm oyatlari aqida va axloqqa oid hukmlarga, tarhib va targ’ib oyatlari, shuningdek Islomning boshqa ishlariga oid tafsirlar ham qo’shilib ketgan edi. Islom ilmlari ma’lum bir xoslanmagan edi. Tafsir ilmi alohida mustaqil ilm sifatida qaralmagan bo’lib, balki, keyingi davrda bunday ajralish yuzaga kelgan. 

Isoqjanov Muhammad Ibrohim, 

ta'lim muassasasi o'qituvchisi