Яратилиш санаси 28.06.2025

Eng kuchli qo’rg’on

Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning uchinchi xalifalari amirul-mu’minin Zin-Nurayn Usmon ibn Affon roziyallohu anhu rivoyat qiladilar.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Kimki (quyidagi zikrni) kech kirganda uch marta aytsa, tong otgunga qadar unga hech qanday balo tegmaydi. Yana kimki uni tong otganda uch marta aytsa, kech kirgunga qadar hech qanday balo tegmaydi:

بسمِ اللهِ الذي لا يَضرُ مع اسمِه شيءٌ في الأرضِ ولا في السماءِ وهو السميعُ العليمِ

Arabcha matnining lotinda yozilishi: "Bismillahillaziy laa yazurru ma’asmihi shay’un fil-arzi va laa fis-samaai va huvas-samiy’ul-aliym"

Ma’nosi: "Allohning nomi bilan (barcha yomonliklardan Allohning panohiga, himoyasiga kiraman). U shunday Zotki, Uning ismi (zikr qilinganda) Yerda ham osmonda ham biron narsa zarar keltirolmaydi. Va U Zot As-Samiy’ (barcha narsalarni eshitib turuvchi), Al-Aliym (barcha narsalarni bilib turadigan) Zotdir".

Ushbu va bundan boshqa yana ko‘pdan ko‘p sahih rivoyatlar bilan sobit bo‘lgan zikru duolar butun insoniyat uchun ulkan qo‘rg‘on. Uning ichida dorixonayu shifoxonalari va boshqa buyuk qal’alaribor.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam yana aytadilar: "Alloh azza va jalla qanday bir kasallik nozilqilgan bo‘lsa, albatta unga shifo bo‘ladigan narsaniham nozil qilib (yaratib) qo‘ygan. Uni (qidirib, izlanib, o‘rganib) bilganlar biladi, bilmaganlar (izlanmay, o‘rganmay yuraverganlar) bilmaydi".

Yana bir hadisda a’robiylar savol berishganirivoyat qilinadi:

Ey Rasululloh, (kasal bo‘lib qolsak) davoizlamaylikmi?

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam javob berdilar: "Ey Allohning bandalari, davolaninglar! Zero, Alloh biron bir kasallik yaratsa, albatta uning davosini(yana bir rivoyatda: uning shifosini) ham yaratibqo‘ygan bo‘ladi, faqat bitta kasallik bundan mustasno".

- Qaysi kasallik u ey Rasululloh?

Javob berdilar:

- "Al-Haram!". (Ya’ni, qarib, keksayib, ajali yetibvafot etish).

 Yoqubjanov Abdurashid

Ta'lim muassasasi oʻqituvchisi