Яратилиш санаси 07.05.2025

Qur'oni Karim (1-qism)

a) Qur’oni karim ta’rifi. Qur’oni karim ta’rifiga keladigan bo‘lsak, u buyruq maylidagi “اقرا” “O‘qi!”, “Qioat qil!”ma’nosidagi so‘z bilan boshlangan bu ilohiy dasturning nomi “o‘qimoq”, “Qiroat qilmoq” ma’nosini anglatuvchi masdar – “Qur’on” bo‘lib qoldi.

Lug‘at ilmi mutaxassislari “Qur’on” lafzi “o‘qimoq”, “qiroat qilmoq” dan boshqa, “jamlash”ma’nosi ham borligini ta’kidlaydilar. Bunda Alloh taoloning oxirgi kalomi o‘zidan oldin nozil bo‘lgan barcha ilohiy kitoblarning ma’no, hikmat va ahkomlarini o‘zida jamlaganiga ishorat border.

“Ulumul Qur’on” ilmi sohiblari Qur’oni Karimni quyidagicha ta’riflaydilar: “Qur’on Alloh taoloning Muhammad solallohu alayhi vasallamga vahiy orqali nozil qilgan, tavotir  ila naql qilingan, tilovati ibodat sanalgan ojiz qoldiruvchi kalomidir”. 

 Ushbu ta’rifni yanada yaxshi tushunishimiz uchun bir oz sharhlaymiz- “Alloh tailoning Muhammad solallohu alayhi vasallamga vahiy orqali nozil qilingan”,degan jumladan Alloh taoloning Muhammad solallohu alayhi vasallamga nozil qilmagan Zabur, Tavrot va Injilga o‘xshash vahiylari Qur’oni Karim bo‘masligi kelib chiqadi.

Haqiqiy Zabur, Tavrot va Injil ham Alloh taoloning kalomi, ammo Muhammad solallohu alayhi vasallamga nozil bo‘lmagani uchun Qur’oni Karim bo‘la olmaydi. 

Tavotir ila naql qilingan” degan iboradan tavotir ila naql qilinmagan  kalom Qur’oni Karim bo‘la olmasligi kelib chiqadi. Tavotir ila naql qilingan, degani esa, kalomni yolg‘onchiga chiqarib bo‘lmaydigan darajada ko‘p sonli kishilar tomonidan naql qilinishiga aytiladi. Ularning hammalari ishonchli odamlar bo‘lib, biror og‘iz yolg‘onga yaqinlashmagan ko‘pliklari jihatidan yolg‘onga kelishib olish imkonlari ham yo‘q bo‘ladi. Qur’oni Karimning birinchi kalimasidan boshlab, oxirgi kalimasigacha aynan ana shu tariqada naql qilingan.

Qur’oni Karim son-sanoqsiz odamlar tomonidan hozirgacha ishonchli tariqada naql qilinib kelinmoqda.

Tilovati ibodat sanalgan” degan qaydni namozda o‘qiladigan, har-bir harfi uchun 10 ta ajr bor deganidir. Qur’oni Karim tilovatisiz namoz bo‘lmaydi. Alloh taoloning boshqa vahiylari, misol uchun, hadisi qudsiylarni namozda o‘qib bo‘lmaydi. Namozda o‘qishga faqatgina Qur’oni Karim xos qilingan. Bu ham ilohiy kitobni ajratib turuvchi sifatlardan biridir.

Ojiz qoldiruvchi kalom” degan sifat ham faqtgina Qur’oni Karimning o‘ziga xos sifatlardan biridir.

Qur’oni Karimning har bir oyati, har bir surasi ham lafz jihatdan, ham ma’no jihatidan, ham ahkomu axbor jihatidan kishilarni ojiz qoldiruvchidir. Ya’ni, insonlar har qancha urinsalar ham unga o‘xshash narsani ijod qila olmaydilar. Chunki, u Alloh taoloning kalomidir. 

Axunjanov Qobilxon

ta'lim nmuassasasi o'qituvchisi