
Hadis va Sunnat (2-qism)
4. “Xalqiy” - Payg‘ambarimiz solallohu alayhi vasallamni ko‘rgan kishilar U zotning bo‘y-bastlari, tana tuzilishlari, sochlari, ko‘zlari va boshqa a’zolarini batafsil vasf qilib berganlar.
5. “Xulqiy-axloqiy sifatlar” - Sahobai Kiromlarning Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sabrlari, hilmlari, shijoatlari, sahiyliklari kabi barcha axloqiy fazilatlarini rivoyat qilishlaridir.
6. “Tarjimai xol” - Payg‘ambarimiz solallohu alayhi vasallamning muborak hayotlari, U zotning tavallud topganlaridan boshlab, to Robbilari dargohiga yetgunlarigacha bo‘lgan tarjimai hollarining o‘ta aniqlik va butun tafsilotlari bilan rivoyat qilinishi.
Muhaddis ulamolarimiz mana shu olti bandga tegishli ma’lumotlarni atroflicha chuqur o‘rganib, o‘z kitoblariga keltirganlar. O‘z-o‘zidan ma’lum bo‘ladiki, sunnat Islom uchun, musulmonlar uchun o‘ta muhim manbaadir. Chunki, u Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning gaplari, ishlari, ma’qullashlari, xalqiy, xulqiy sifatlari va tarjimai hollari to‘plamidan iborat.
[1] Abu Bakr. Kulliyot
[2] Sayyid Jamoliddin al-Qosimiy Qavoid at-Tahdis
[3] (Payg‘ambarimizning taqrirlari-Musulmonlardan birortalari tomonidan qilingan biror ishni ko‘rganlarida yohud eshitganlarida uni man etmaganlar va uning yomonligiga doir biror so‘z aytmaganliklariga aytiladi. Rasullulohning bu ishga sukut qilishlari o‘sha ishning yaxshi ekanligining bir dalili sanaladi va bunga taqririy sunnat deyiladi).
[4] “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, Hadis va Hayot-1.8-sahifa”
Axunjanov Qobilxon
ta'lim nmuassasasi o'qituvchisi