
Elga xizmat – oliy himmat
Dar haqiqat bu hikmat xalqimiz orasida ko`pishlatiladi. Mazmuni shuki insonning eng ulug` fazilatlaridan biri bu o`z manfaatini qo`yibxalqqa foyda keltirish xizmat qilishdir. Bu nafaqat ma`naviy jihatidan balki diniyjihatdan ham eng yuksak savobli ishlardan hisoblanadi.
Payg`ambarimiz alayhissalom bu mavzuda shunday deganlar:
خير الناس أنفعهم للناس
yani: Odamlarning yaxshirog`i - odamlarga ko`proq foydasi tegadiganidir {Imom Bayhaqiy va Imom Tabaroniy rivoyati}
Demak, Alloh taoloning nazdida eng go`zal vaulug` amallardan biri odamlarga manfaatkeltirish, ularning hojatlarini ravo qilish vag`amlarini aritishdir.
Imom G`azzoliy rohimahulloh “Bandalarga hizmat qilish Allohga yaqinlashishning eng go`zal yo`llardan biridir-dedilar.
Dinimizdagi oliyjanob fazilatlardan biri bu- odamlarga manfaat yetkazishdir Mo`min bandahayoti davomida o`ziga foyda keltirishi bilan birga boshqalarning ham og`irini yengil qilishva ularga yahshilik qilishga buyurilgan.
Payg`ambarimiz alayhissalom musulmonlargafoyda keltirish, ularning hojatlarini chiqarishdapeshqadam zot edilar. Jobir roziyallohu anhuaytadilar:
ما سئل رسول صلى الله عليه وسلم شيئا قط فقال لا
( رواه الإمام البخاري}
yani: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan nima so`ralgan bo`lsa, hech qachon yo`q deb javob qaytarmaganlar.
Bu zodan ortiq bizga kim namuna bo`la olar edi. Umrlaring oxirigacha kim huzurlariga kelgan bo`lsa biror bir kishishiga yo`q demaganlar. Bu zotning hozirgi zamon ummatlar esa hatto yaqin qarindoshlariga ham yaxshilik qilmasdan rosulollohni sevishlarini davo qilishadi. Yuqoridagi hadislarga amal qilish bizlarni nafat insonlarga balki Alloh va uning rosuliga ham yaqin qiladi.
Davomi bor...
Jamalov Abdulqodir
Ta'lim muassasasi talabasi