Яратилиш санаси 15.09.2025

Ta'lim muassasida kitob taqdimoti

“Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasiga yangi o‘quv yilida ilm yo‘liga qadam qo‘ygan 1-kurs talabalariga O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan kitob muallifi tashabbusi bilan talabalar hamda ta’lim muassasasi Axborot-resurs markazi uchun Arab tili (sarf) faniga oid “TASRIF” sarf fanidan yangi va oson qo‘llanma” nomli kitobhamda “Sarf fanidan amaliy mashg‘ulotlar daftari” beg‘araz taqdim etildi. 

Joriy yilning 15-sentabr kuni ta’lim muassasasi direktori Qobiljon Mirzabayev, O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sodiqjon Madmusaev hamda Axborot-resurs markazi mudiri Muhammadali Kattabayevlar ta’lim muassasasi 1-kurs talabalari bilan uchrashib, mazkur sovg‘a talabalarga arab tilini mukammal va oson o‘rganishlari uchun qo‘llanma bo‘lib xizmat qilishini ta’kidlab, ularning har birlariga taqdim etildi. 

Uchrashuvda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan ustoz va talabalarga ko‘rsatilayotgan bunday g‘amxo‘rlik va e’tibor uchun samimiy minnatdorchiliklarini izhor etdilar. 

Muhammadali  KATTABAYEV,

Axborot – resurs markazi mudiri