Яратилиш санаси 01.10.2025

USTOZ OTANGDEK ULUG‘

Xalqimizda “Ustoz otangdek ulug‘” — degan hikmat bejiz aytilmaydi.  O‘tgan ulug‘larimiz, ota-bobolarimiz ustoz va muallimlarning haqqini yaxshi bilganlar, ularning qadri nechog‘li baland ekanini teran anglaganlar va shunga ko‘ra muomala qilganlar.  Imomi a’zam Abu Hanifa rahmatullohi alayh shunday deganlari rivoyat qilinadi: «Ustozim Hammodning hurmati uchun uning uyi tomonga oyog‘imni uzatmaganman. Holbuki, uning uyi bilan mening uyim orasida yettita ko‘cha bor edi. Hammod vafot etgandan so‘ng qachon namoz o‘qisam har safar albatta ota-onamga qo‘shib, unga ham Allohdan mag‘firat so‘raganman. Nafaqat u ustozim, balki kimdan nimadir o‘rgangan bo‘lsam yoki kimdir menga nimadir o‘rgatgan bo‘lsa, albatta, o‘sha kishilar uchun ham doim Allohdan mag‘firat so‘rayman». 

Ilm dunyo ne’matlari ichida eng bebaho boylikdir, Dunyodagi hayotimizni ilmsiz tasavvur etib bo’lmaydi.Chunki ilmsiz hayot bu zulumatdir. Ilm bu inson uchun zulumat ichidagi nurdir.Mana shu nurni taratuvchi insonlar bu Ustozlardir.Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: "Albatta men muallim qilib yuborilganman"-deb marhamat qilganlar. (ibn Moja rivoyati).Bu muborak hadisdan ustozlik qay darajada yuksak martaba ekanligini bilib olamiz. Ilmni egallash oson ish emas. Ulamolar ilm olishni igna bilan quduq qazishga o‘xshatishgan. Shuning uchun ham bebaho xazinaning sohibi bo‘lishida ustozning o‘rni beqiyos.

Ustozsiz hech narsaga erishib bo‘lmaydi. Dunyoda ustozning mehnatidan og‘ir mehnat yo‘q. Hech narsani bilmaydigan yosh bolaga o‘qish-yozishni o‘rgatguncha bo‘lgan mashaqqatni ustozdan boshqa hech kim bilmaydi. Bu mehnatning sharafli tomoni  shogirdlarning, bir marta ustoz deb chaqirishlaridan ortiq baxt ham olamda yo‘q. Uztoz ӯzining mehnati bilan bir odamni ilmsizlik, johillik va iymonsizlikdan saqlab qoladi.                                              

Sa’diy Sheroziy : “Ota-onaning mehridan, ustozning javri yaxshidur”, deb aytganlar.

Mo‘tabar ma’nbalarda keltirilishicha bir ustoz va tolibi ilm bir  qabriston yonidan o‘tsalar, qirq kun qabristonga Allohning rahmati yog‘ilib turar ekan. 

Ustozning hurmati-yu, o‘quvchining izzati shu darajada baland.Payg‘ambar (s.a.v):"Ilm o’rganinglar.Ilm uchun sokinlik va viqorni ӯrganinglar.Ӯzingiz ta’lim olayotgan zotga tavozeli bӯlinglar"-deb ustozni ulug‘laganlar.(Tabaroniy rivoyati).

Dono xalqimiz ham "Ustoz otangdek ulug‘"-deb bejizga aytmagan. Farzanlarimizning baxti va saodati uchun jon kuydirib, mehnat qilib, bor ilm va iqtidorini ishga solayotgan ustozlarga Alloh taoloning rahmatlari bӯlsin. Jannatmakon yurtimizga ko‘z tegmasin, tinchlik va xotirjamlik ne’mati bundan-da ziyoda bo‘lsin.

Qobiljon Mirzabayev

“Hidoya” o'rta maxsus islom 
ta’lim muassasasi direktori