Яратилиш санаси 18.10.2025

Salmon  Forsiy roziyallohu anhu

Salmon  Forsiy  yuksak ilm  sohibi  edi. U ashobi ikrom orasida buyuk maqom egasiga aylangan. Salmon Umar ibn Xattob roziyallohu  anhuning xalifalik davrida  Madinaga  ziyorat uchun kelgan  paytda, hazrati  Umar unga  hech  kimga  ko`rsatmagan  iltifotni ko`rsatdi. Madina ahlini to`plab:”Yuringlar ,Salmonning istiqboliga chiqamiz” -dedi. Shu tariqa barchalari Madinaning tashqarisiga Salmonni  kutib olish  uchun chiqdilar.

Salmon roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga iymon  keltirganidan  keyin xalifa Usmon roziyallohu anhu davrida vafot etgunicha, zuhdu taqvoda  yashadi.  Shu davr ichida ufq aro islom bayrog`i hilpirab, Madinaga katta-katta boyliklar oqib keldi, o`ljalar tartibli ravishda musulmonlar o`rtasida  taqsim qilinardi. Qiziq, mana shu rohat va boylik davrida Salmon qayerda bo`lgan ekan? 

Birodar,  ko`zingizni kattaroq  oching,  mana bu  daraxt soyasida otib, xurmo po`stloqlaridan savat to`qayotgan qariyani ko`rayapsizmi?

Axir,  bu Salmoni Forsiy roziyallohu anhu. Unga yaxshilab qarang,  kiyimi qisqaligidan  oyog`i   tizzasiga qadar  ochilib  qolgan. Holbuki,  unga baytul  moldan  tayin qilingan  maosh  juda ko`p edi. Bir  yilda  to`rt mingdan olti ming dirhamgacha olar edi. Biroq, ubarcha  mablag`larni faqir  va  miskinlarga taqsim  qilar, bir dirhamini  ham o`ziga olib qolmas edi.  U tirikchiligi  haqida deydi: “Bir  dirhamga  xurmo po`stlog`ini sotib olaman.  Undan   savat to`qib, uch  dirhamga  sotaman. Shu uch dirhamdan bir dirhamini joyiga  qo`yaman. Bir dirhamini  esa, oilamga sarf  qilaman. Qolgan bir  dirhamini sadaqa  qilaman… Garchi  Umar ibn  Xattob  meni bu ishdan  qaytargn  bo`lsa-da, also  bu  ishimni tashlamayman”.

Kunlardan bir kuni Salmon shahar chetida yelkasiga anjir va xurmolarni  ortib,  Shom viloyatidan  kelayotgan bir musofirga yo`liqdi. U yukni og`irligidan  charchab,  toliqqan edi.  Eski  va dag`al  kiyimlarni  kiyib kelayotgan  Salmonni ko`rib,  oddiy inson, deb o`yladi, yuklarini uning yelkasiga ortib, yukni manzilga yetkazgach,  haqqini beraman,  deb xayol qildi. Xullas, shomlik dehqon Salmonga: ”Mana buni ko`tar” -deb yuklarini uning yelkasiga ortib qo`ydi,  Salmon   esa hech narsa demay yukni ko`tarib oldi. Yo`lda oldlaridan chiqqan odamlarga Salmon  salom  bergan edi,  ular: “Amirimizga  ham salom” -deb  alik olishdi.

“Amirimizga salom?!”. Qaysi amirni nazarda tutyaptilar? Shu tariqa shomlik o`ziga o`zi savol qila boshladi. Ba`zi odamlar Salmonning oldiga yugurib kelib: “Yukni menga bering, amir” - deyishganini eshitgach, shomiyning dahshati ziyoda bo`lib ketdi. Bildiki, qarshisidagi inson Madoin shahrining hokimi Salmon Forsiy ekan.

Bu holatdan esankirab qolgan shomiy uzir aytishga so`z topolmay, hijolat jekib yukni qaytib yelkasiga olishga harakat qildi. Ammo Salmon bosh siltab: “Yo`q, to manzilingga yetmaguningcha yukingni bermayman” -dedi.

Aqilxanov Saidolim

ta'lim muassasasi oq'ituvchisi