Яратилиш санаси 21.10.2025

TIL - MILLAT KO‘ZGUSIDIR!

 

Til insonlarning o‘zaro aloqa vositasi bo‘lib, yaratuvchininginsonga bergan bebaho ne’matidir. Dunyoda har bir xalqningo‘z ona tili uning bebaho boyligi, iftixori hisoblanadi. Hikmatliso‘zlar, she’ru dostonlar, qo‘shiqlar, avvalo millatning ona tilidadunyoga keladi. Millat bor ekan, uning tili ham yashaydi, tiliyashar ekan u millat boshqa millatlar orasida o‘z nufuzi, obro‘siga ega bo‘ladi.

1989 yil 21 oktyar. Bu qutlug‘ kun O‘zbekiston tarixiga, o‘zbekmillati yilnomasiga zarhal harflar bilan bitildi. “Davlat tilihaqida”gi qonun qabul qilindi. Bu qonun avlodlarimiz asrlarbo‘yi orzu qilgan, ammo orzulari sarobga aylanib qolgandavrlarda momaqaldiroqdek guldirab, chaqmoqdek chaqib, yuzaga keldi. U Mustaqilligimiz sari qo‘yilgan eng dadil qadamedi. Bu qonunning qabul qilinishi oson kechmagan. Shunita’kidlash kerakki, o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishixalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo‘lidagi muhimqadamlaridan biri bo‘lgan edi-desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimiz ruhiniko‘tardi.O‘zbek tilining xalqaro miqyosda obro‘sinioshirdi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlattilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yildi. “Davlat tili haqida”gi qonun ona tilimizning bor go‘zalligi vajozibasini to‘la namoyon etish bilan birga, uni ilmiy asosdarivojlantirish borasida ham keng imkoniyatlar yaratdi. Olimlarva mutaxassislar tomonidan ilm-fan va turli sohalarga oidensiklopediya va lug‘atlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalari chopetildi. Mumtoz adabiyotimiz namunalari, fan, texnika, sanoat, madaniyat va boshqa sohalarga oid atamalarni, shevalardaqo‘llaniladigan so‘zlarni o‘z ichiga olgan besh jildlik “O‘zbektilining izohli lug‘ati” yaratildi.

Til insonning birlamchi ehtiyoji, anglash, bilish, so‘zlash, aloqa-munosabat vositasi bo‘lgani bois hamisha jamiyat ravnaqiningasosiy mezonlaridan biri bo‘lib kelgan. Jumladan, o‘zbek tilio‘zbek millatining uzoq tarixiy ildizlariga, o‘z siyosiy-huquqiyasoslariga ega muqaddas qadriyati, ulkan ma’naviy yutug‘idir.Bugungi kunga qadar shonli va sharafli yo‘llarni bosib, keskinva shiddatli to‘fonlarni yengib kelayotgan milliy tilimiz davlatmaqomida yanada ulug‘vor va ustuvorligini namoyon qilibkelmoqda. Chunki tilni asrash, rivojlantirish – millatningyuksalishi demakdir. Til – millat qiyofasining bir bo‘lagi, aynantil tufayli xalq va elatlarning madaniyati, urf-odatlari saqlanibqoladi, sayyoramizda yashayotgan xalqlarning o‘tmishi vamadaniyati hurmat qilinadi. 

Shu o‘rinda Muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoevning«Kimda-kim o‘zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta’sirkuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo‘lsa, munisonalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o‘lmasmaqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrliqo‘shiqlariga quloq tutsin» degan so‘zlaridan shuni anglabyetishimiz kerakki, til har bir millat madaniyatining o‘zagi, uxalq taraqqiyoti va kelajagini belgilaydigan, birlashtiradigan, tarbiyalaydigan, o‘qitadigan, urf-odat, ananalarini saqlaydiganasosiy vosita ekanligini har birimiz chuqur anglab,onatilimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishda, uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgantillar safiga qo‘shishda chuqur hurmat bilan yondashimiz kerak. Bu bizning kelajak oldidagi vazifamiz va burchimizdir. Chunkitilsiz hech bir millat to‘laqonli xalq bo‘la olmaydi. UsizVatanning erki yo‘q. Davlatimiz rahbarining e’tibori, bu qutlug‘sanani eng yuksak darajada nishonlash bo‘yicha berganko‘rsatmalari o‘zbek tilining nufuzini, uning ahamiyatini yanadaoshiradi, deb o‘ylaymiz. Hammamizga millatimizning qutlug‘o‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin.

Mirzabaev Qobiljon

Ta’lim muassasasi direktori